Vaxtangov Yevgeniy Bagrationovich [1883.1 (13).2, Vladikavkaz-1922.29.5, Moskva| — aktyor, rejissyor, teatr arbobi, "Talabalar drama studiyasi" (1926-yildan Vaxtangov nomidagi teatr)ning asoschisi va rahbari. Oʻz ijodida K. Stanislavskiy tizimi va gʻoyalarini keng targʻib qilgan. Moskva Badiiy akademik teatri (MXAT)ning 3-studiyasida "Toʻy" (A. Chexov), "Avliyo Antoniy moʻʼjizasi" (M. Meterlink), 1-studiyasida "Erik XIV" (Yu. Strindberg), "Gabima" yahudiy studiyasida "Gadibuk" (Anskiy) kabi spektakllarni sahna-lashtirdi. V. oʻzining soʻnggi ishi — "Malikai Turandot" (K. Gotssi) spektaklida sahnaviy talqinning yangi qaytarilmas shaklini yaratdi. V. rejissyor lik ijodining eng muhim tomoni — teatrning etik va estetik maqsadining mushtarakligidir. Oʻzbek aktyorlaridan M. Uygʻur, A. Hidoyatov, Ya. Bobojonov, S. Eshontoʻrayeva, H. Islomov va b. 1924— 27-yillarda Moskva oʻzbek drama studiyasida Stanislavskiy tizimi bilan bir qatorda V. uslubida ham tarbiya topganlar, Ayniqsa, bu taʼsir studiyaning "Malikai Turandot" asarini sahnalashtirishda oʻz ifodasini topdi. V. uslubining taʼsiri Hamza nomidagi akademik drama teatri va b. oʻzbek teatrlarining 20-yillarning oxiri va 30-yillarning birinchi yarmidagi faoliyatida yaqqol koʻzga tashlangan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil