Yevgeniy Grigoryevich Yavorskiy (1909.16.2, Simferopol 1971.14.11, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1952). Ijodiy faoliyatini 1926-yil Simferopol drama teatrida boshlagan. 1934—58 yillar (orada tanaffuslar bilan) Turkiston harbiy okrugi teatri, 1958-yildan M.Gorkiy nomidagi Toshkent rus akademik drama teatrida aktyor. Ya. yorqin, oʻtkir xarakterli komik aktyor sifatida tanilgan, lekin lirikdramatik rollar ham unga yaqin boʻlib, "kichik odamlar" obrazlarini meʼyoriga yetkazib ijro etgan. Rasplyuyev ("Krechinskiy toʻyi"), Bartolo ("Telba dunyo yoki Figaroning uylanishi"), Shmaga ("Aybsiz aybdorlar"), Ser Endryu ("Oʻn ikkinchi kecha"), Robinzon ("Sepsiz qiz"), Martin ("Koʻza koʻtargan qiz"), Poloniy ("Hamlet"), Sorin ("Chayka"), Akim ("Zulmat hukmronligi") kabi rollari bilan shuhrat qozongan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil