Yevgeniya Mixaylovna Lixovich-Shamsheva (1887.20.1 — Toshkent — 1979.22.12) — aktrisa va opera xonandasi. Oʻzbekiston xalq artisti (1949). Peterburg konservatoriyasida oʻqigan (1906). Ijodiy faoliyatini 1906-yildan Toshkentda dramatik aktrisa sifatida havaskorlik toʻgaraklarida boshlagan. 1918—1923-yillarda Toshkentdagi Rus opera teatrida Natasha (A. Dargomijskiy, "Suv pariyey"), Liza, Tatyana (P. Chaykovskiy, "Qargʻa motkasi", "Yevgeniy Onegin"), Margarita (Sh. Guno, "Faust") kabi partiyalarni ijro etgan. 1923—39 yillarda Rossiyaning turli shahar operetta teatrlarida ishlagan. 1941—51 yillarda Toshkentdagi Harbiylar teatrida Murzavetskaya, Shablova (A. Ostrovskiy, "Boʻrilar va qoʻylar", "Kechikkan sevgi"), Mariya Nikolayevna (K. Simonov, "Rus kishilari") singari rollarni yaratgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil