UEFA Yevropa Konferensiya Ligasi

(Yevropa Konferensiya Ligasidan yoʻnaltirildi)

Konferensiya kubogi — UEFA Chempionlar ligasi hamda Yevropa ligasidan keyingi oʻrinni egallashi koʻzda tutilganUEFA tashkilotining yangi turniri hisoblanadi.

UEFA Yevropa Konferensiya Ligasi

Ushbu turnir maqsadi tahrir

UEFA tashkiloti tomonidan 2015-yildan boshlab nufuzi boʻyicha uchinchi oʻrinda turuvchi yevrokubok turnirini tashkil etishishlar boshlandi. Bundan koʻzlangan maqsad — koʻhna qitʼada futbol endigina rivojlanayotgan davlatlar klublarini ham dunyo maydonda oʻzlarini koʻrsatishga imkoniyatberishdan iborat. Qolaversa, Yevropa ligasi dastlabki bosqich saralash bosqichidayoq magʻlubiyatga uchragan klublarga yaxshi imkoniyat boʻldi.

Ushbu turnirda qatnashadigan grand klublar tahrir

Kuchli beshlik chempionatlaridan bittadan klublar qatnashishi mumkin boʻladi bor[1]. Masalan, Angliyada liga kubogida gʻalaba qozongan kulub ushbu musobaqada ishtirok eta oaldi. Ispaniya, Italiya, Germaniya va Fransiya da esa qoidaga binoan, 5 va 7 chi oʻrinlarni band etgan klublar orasidan Yevropa ligasiga yoʻllanma olganlardan pastroqda joylashgan klublar ega boʻladi. Konferensiya ligasining 1-mavsumida quyidagi beshta: Angilyadan „Tottenhem“ klubi, Fransiyadan „Lans“, Italyadan „Roma“, Ispaniyadan „Vilyarreal“ va Germaniyadan „Union Berlin“ jamoalari ishtirok etishga ega boʻldi. Shuningdek, ushbu musobaqani UEFA Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi saralashlarida oʻta olmagan klublar bilan toʻldirish imkoniyatini yaratdi.

Turnir formati tahrir

Turnirda toʻrtta saralash bosqichidan iborat boʻlib, 8 ta guruhga 32 jamoalar boʻlingan holda guruh va pley-offdan iborat hisoblanadi.

Bu turnirda ikkita 1/8 final bosqichi oʻtkaziladi. Dastab, guruhda ikkinchi oʻrinni egallagan sakkizta klub, Yevropa ligasi turnirining guruhlarida uchinchi oʻrinni egallagan jamoalar boshqa sakkiztalik bilan oʻzaro maydonda kuch sinashishadi. Soʻngra, ushbu juftliklarning gʻoliblari, Konferensiya ligasi guruhida birinchi oʻrin egallagan jamolar bilan 1/8 final bosqichida oʻzaro maydonga tushishadi. 1-mavsum Gʻolib klublar 2021-yili Albaniya poytaxtida oʻtkaziladigan ikkita chorak final, ikkita yarim va final uchrashuvlarida qatnashadi.

Turnir gʻolibiga kelasi yilgi Yevropa ligasi guruh bosqichiga qatnashish uchun yoʻllanma beriladi.

Turnir mukofotlari tahrir

Guruhdagi har bir ishtirokchi klub uchun — million yevro;

Guruhdagi har bir gʻalaba uchun — 0.57 million yevro;

Guruhdagi har bir durang uchun — 0.19 million yevro;

Guruhdagi har bir birinchi oʻrin uchun — 1 million yevro;

Guruhdagi har bir ikkinchi oʻrin uchun — 0,5 million yevro;

1/16 finalga chiqgan jamoaga — 0,5 million yevro;

1/8 finalga chiqgan jamoaga — 1,1 million yevro;

1/4 finalga chiqgan jamoaga — 1,5 million yevro;

1/2 finalga chiqgan jamoaga — 2,4 million yevro;

Finaldagi magʻlubiyat uchun — 4,5 million yevro;

Finaldagi gʻalaba uchun — 8,5 million yevro.

Turnirning ilk gʻolibi tahrir

Turnirning ilk Finali 2022-yilning 25-may kuni Albaniya poytaxti Tiranada boʻlib oʻtdi[2]. Finalda Italiyaning „Roma“ klubi Niderlandiyaning „Feyenoord“ jamoasini magʻlub etgan holda musobaqaning ilk gʻolibiga aylandi[3].

Qoʻshimcha tahrir

Yevropa Konferensiyalar Ligasi ilk mavsumi tugagach, UEFA rasmiy sayti klublarning turnirdagi statistik koʻrsatkichlarini taqdim etdi.

Finalda gʻolib chiqqan „Roma“ ning oʻzbekistonlik aʼzosi Eldor Shomurodov turnirning eng tezkor futbolchisi boʻldi. Turnirda 9 oʻyinda maydonga tushgan 26 yoshli Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi hujumchisi 33,6 km/soatgacha tezlik qayd etdi.2-oʻrinni finalchi „Feyenoord“ aʼzosi Dessers egallagan boʻlsa, „Roma“ himoyachisi Kris Smolling kuchli beshlikni yakunlagan[4].

Manbalar tahrir

  1. „Tanishing, UEFAning yangi musobaqasi — konferensiyalar kubogi!“. stadion (25-may 2021-yil). Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.
  2. „«Roma» va Shomurodov ilk bor oʻtkazilgan Konferensiyalar Ligasida gʻolib boʻldi“ (O'zbekcha). Kun.uz (26-may 2022-yil). Qaraldi: 4-avgust 2022-yil.
  3. „UEFA yevrokuboklarga oʻzgarishlar kiritdi. Yangi format haqida nimalar ma’lum?“ (O'zbekcha). gazeta (11-may 2022-yil). Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.
  4. „Shomurodov — Konferensiyalar Ligasining eng tezkor futbolchisi!“ (O'zbekcha). Uzreport.news (27-may 2022-yil). Qaraldi: 4-avgust 2022-yil.