Yirik uzelli yigʻish yoki SKD (inglizcha: Semi Knocked Down — „yarim qismlarga ajratilgan“, shuningdek, istehzo bilan „otvyortkada yigʻish[1][2]) — bu avtomobil yigʻish texnologiyasi boʻlib, unda yigʻish uchun toʻliq tayyor qismlar yigʻish joyiga ishlab chiqaruvchidan koʻpincha katta birliklar shaklida yetkazib beriladi. Mashinani yigʻish uchun alohida birliklar, agregatlar va qismlardan iborat dastgohlar toʻplami yoki standart toʻplam keyingi yigʻish uchun zavodga maxsus konteynerlarda chet eldan yetkazib beriladi [1] . SKD avtomobilni yigʻishning eng oddiy texnologiyasi boʻlib, dastlabki bosqichda deyarli barcha yigʻish zavodlari tomonidan qoʻllanadi [2] .

SKD usulida yigʻilgan mashina.

SKD koʻpincha avtomobillarni import qilishda yuqori import bojlari yoki aktsiz soligʻini yengishning bir usuli sifatida ishlatiladi, chunki bir qismi uchun bojlar tayyor mashinaga qaraganda kamroq boʻladi. Bu „hiyla“ni ham yangi va ham eski avtomobillar uchun qoʻllash mumkin [3] .

SKD indeksi 0 dan 4 gacha boʻlgan toʻrtta kichik toifani oʻz ichiga oladi va ularning soni qancha koʻp boʻlsa, yigʻish texnologiyasi shunchalik murakkab va taʼminot birliklari maydaroq boʻladi. Bularning eng oddiysi SKD 0 boʻlib, bunda toʻliq tayyor avtomobillar oz sonli katta qismlarga demontaj qilinadi hamda turli elementlari va qismlari olib tashlangan holda, (masalan, oʻrindiqlar, ichki qoplamalar, yoritish uskunalari, bamperlar, dvigatel, uzatishlar qutisi va boshqalar) yigʻish joyiga olib kelinadi va qayta yigʻiladi. SKD 4 da esa „yalangʻoch“ boʻyalgan kuzov qismlar va barcha kerakli qismlar yetkaziladi va yiğiladi. Biroq, SKD 4 ni kichikuzelli yiğish (CKD) bilan adashtirmaslik kerak. Kichikuzelli yiğish (CKD) nafaqat kuzovlarni payvandlash, boʻyash va qismlarni yiğish tushuniladi. Koʻpincha komponentlar bir qator mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olinadi.[2]

Odatda, SKD quyidagicha ishlaydi:

  • Zavodga avtomobil butlovchi qismlari xorijdan keltiriladi.
  • Shundan soʻng, avtomobillarni yigʻish uchun ishlab chiqarish mutaxassislari ularni mexanik shikastlanishlar bor yoki yoʻqligini tekshiradilar.
  • Keyin korpus konveyerga oʻrnatiladi. Avtomobilning qismlari olib tashlanadi va maxsus qutiga joylashtiriladi.
  • Qismlar ularning maqsadi va oʻrnatish joyiga qarab taqsimlanadi.
  • Avtomobil platformasi va shassisining qismlari maxsus platformaga oʻrnatiladi, bu yerda ularga osma va tormoz tizimining elementlari oʻrnatiladi.
  • Shundan soʻng, korpusning shassiga ulanishi amalga oshiriladi — bu murakkablik va mehnat zichligi tufayli eng muhim operatsiyalardan biri hisoblanadi.
  • Keyin yetishmayotgan qismlarni va agregatlarni ulashadi, elektr simlarini, shlanglarni va quvurlarni ulashadi.
  • Yigʻishdan soʻng mashinaga antifriz, tormoz suyuqligi va yoqilgʻi-moylash materiallari (moylar, benzin yoki dizel yoqilgʻisi) quyiladi.

Yakuniy bosqichda — yigʻilgan avtomobilni sinovdan oʻtkaziladi va nazorat qilinadi [1] .

Manbalar

tahrir