Yoʻldosh shahar
(Yo'ldosh shahardan yoʻnaltirildi)
Yoʻldosh shahar - yirik shahar atrofida (uning chegarasidan tashqarida) bunyod etilgan kichik shahar, posyolka. Y.sh. transport yoʻli orqali katta shahar bilan yaxshi bogʻlangan boʻladi. Unda, asosan; yirik shaharda ishlaydigan aholining bir qismi yashaydi. Y.sh. yirik shaharning bir qismi hisoblanadi. Sanoat taraqqiyoti oqibatida vujudga kelgan. Bino va inshootlari aholining yashashi, dam olishi uchun qulay qilib, tabiat bilan uygʻunlashtirib quriladi. Oʻzbekistonda birinchi Y.sh.ga 1966 y.dagi zilziladan keyin Toshkent shahar yaqinida asos solingan (Sergeli Y.sh.chasi, 1967).[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |