Yoʻllar
(Yo`llardan yoʻnaltirildi)
Yoʻllar — transport vositalari va piyodalar harakatlanishi uchun moʻljallangan yer sirtidagi maxsus tayyorlangan qismlar; yoʻlovchilar va yuklarni tashiydigan yuk koʻtarish-tashish inshootlari (Mas, Kanat yoʻl). Relssiz va relsli xillari bor. Relssiz Y.ga mamlakatning yoʻl tarmogʻini tashkil etuvchi avtomobil yoʻli, velosiped yoʻli va b. kiradi. Relsli Y.ga yer polotnosiga yotqizilgan relsli yoʻllar (qarang Temir yoʻl), tayanchlarga mahkamlangan relsbalkali osma Y. (qarang Monorelsli pul) kiradi. Y. sanoat va qishloq xoʻjaligi korxo-nalarida, omborlarda aholi yashaydigan joylar, maʼmuriy iqtisodiy va sanoat markazlari oʻrtasida transport aloqalarini taʼminlaydi (yana q. Transport).[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |