Yoʻsinlar
Yoʻsinlar-Yoʻsinlarning yer yuzida 20000 ga yaqin turi uchraydi. Ular asosan sernam tuproqlarda oʻsishga moslashgan. Yoʻsinlar barg va poyali oʻsimliklar boʻlib, ularda ildiz boʻlmaydi. Ildiz vazifasini esa rizoidlar bajaradi. Koʻpayishi jinsiy va jinssiz boʻgʻinlarning gallanishi bilan boradi. Lekin ularning hayotida jinsiy boʻgʻin ustunlik qiladi.
Tuzilishi.
tahrirYoʻsinlar yuksak oʻsimliklarning eng qadimiy va juda sodda vakillari boʻlib, ularning boʻyi 4–5 mm dan 40 sm gacha yetadi. Ayrimlarining tanasi xuddi suvoʻtlarining bargsimon tallomdan iborat. Koʻpchilik yoʻsinlarning tanasi poya va barglarga boʻlingan, lekin ularning ildizi boʻlmaydi, tuproqqa maxsus oʻsimtalar (rizoidlar) orqali birikib turadi. Ildizi va oʻtkazuvchi sistemalari yoʻqligi bilan yoʻsinlar boshqa yuksak oʻsimliklardan farq qiladi va tarqqiyot boʻyicha ulardan keyin turadi.
Koʻpayishi.
tahrirYoʻsinlar sporalar bilan koʻpayadi. Ularning jinsiy aʼzolari koʻp hujayrali boʻlib erkakalik jinsiy aʼzosi „anteridiy“, urgʻochlik jinsiy aʼzosi „arxegoniy“ deb ataladi. Yoʻsinlarning urugʻlanishi suvda harakatchan spermatazoitlar orqali amalga oshadi.
Turlari.
tahrirPoyabargli yoʻsinlar tabiatda juda keng tarqalgan boʻlib baʼzan tundrada, botqoqliklar va zax yerlarda yer yuzini butunlay qoplab oladi. Poyabargi yoʻsinlar 13000 ga yaqin turni oʻz ichiga oladi. Bunga misol qilib Oʻrta Osiyo tekisliklarida keng tarqalgan Funariya yoʻsinini olish mumkin.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ kenjayev, Aziz. yo'sinlar bo'limi. "Yangi kitob" MCHJ — 784-bet. ISBN 978-9943-4554-6-7.