Yonuvchi slanets sanoati – ushbu sanoat slanetslarni qazib olish va ularni qayta ishlash tarmoqdaridan iborat. Slanetslar tarkibida 60—70 foiz organik moddalar boʻlgan gilli yoki oxaktoshli togʻ jinslaridir. Tez oʻt oladi va tutab yonadi. Yonuvchi slanetslar tarkibida juda koʻp uchuvchan moddalar bor. Bu jixatdan ular qoʻngʻir koʻmir va xatto torfdan ustunlik qiladi. Shu sababdan ular gazlashtirish va kimyo sanoatida foydalanish uchun qoʻlaydir. Slanetslardan zavod sharoitida xaydash yoʻli bilan olinadigan smola va smolasimon suv, och rangli motor yoqilgʻisi, surkov moylari, yogʻochni konservatsiya qilishda ishlatiladigan preparatlar, turli xil farmatsevtika maxsulotlari ishlab chiqarish uchun xom ashyo boʻlib hisoblanadi. Ularni quruq xaydash natijasida hosil qilinadigan slanets gazining issiqlik berish hususiyati 3800—4000 kaloriya boʻlib, undan yoqilgʻi sifatida foydalaniladi. Slanetslar yonishi natijasida hosil boʻladigan hoʻl qimmatli yopishtiruvchi modda boʻlib, undan sement, binokorlik gʻishti va issiqlik izolyatsiyasi materiallari ishlab chiqarishda foydalaniladi. Yonuvchi slanetslarning yirik konlari Estoniya, Rossiya, Xitoy, AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Qozogʻistonda joylashgan. Estoniya slanets sanoati mazkur davlatni gaz bilan taʼminlaydi. Bundan tashqari, Estoniyada yonuvchi slanetslardan qattiq yoqilgʻi sifatida ham, undan suyuq yoqilgʻi va gaz ishlab chiqarishda ham foydalaniladi.