Yonuvchi slanetsiar
Yonuvchi slanetsiar - qagtiq kaustobiolitlar guruhiga mansub foydali qazilma. Tarkibi organik (massasining 10—30 dan 50—70% gachasi sapropel yoki gumussapropel) va mineral (gilli, kremniyli va b.) qismlardan iborat. Quruq haydalganda koʻp miqdorda kimyo mahsulotlari manbai hisoblangan slanets moyi, yonuvchi gazlar va smola suvi olinadi. Yo. s, asosan, kalsit, dolomit, gidroslyudalar, montmorillonit, kaolinit hamda 10—30% organik birikmalardan tuzilgan. Suv koʻkatlari va gumuslarning miqdoriga qarab sapropelitli hamda gumitsapropelitlilarga boʻlinadi. Sapropelitli Yo. s. gumitsapropelitlilardan tarkibida vodorodning koʻpligi (8—10%) va gumin kislotalarning kamligi (0,5%) bilan farq qiladi. Smola 30% gacha boʻladi va issiklik berish quvvati 3500—4000 kkal/kg gacha. Yo. s hosil boʻlishiga koʻra dengiz, laguna va koʻl sapropelitlariga boʻlinadi, tarkibiga qarab esa gil, karbonat, kremniyli boʻlishi mumkin. Yo. s. paleozoy, mezozoy va kaynozoyning hamma geologik sistemalari yotqiziklarida mavjud. Tektonik jihatdan qaraganda Yo. s. asosan platformalarda, kamroq geosinklinal oblastlarda tarqalgan. Yer sharida Yo. s.ning umumiy potensial resurslari 450 trln. t deb baholanadi, shundan 431 trln. t. A K Shlya. Oʻzbekistonda Yo. s. Boysun va Yakkabogʻda topilgan. Eng yirik konlari Estoniya, Belarus, Rossiya (shimgʻarbi), Ukraina (Boltish), Qozogʻiston, AQSH (Kolorado, Yuta, Vayoming), Kanada, Xitoy, Braziliya, Angliya va b. davlatlarda bor. Yo. sdan sanoatda moy va gaz olishda qamda qattiq yoqilgʻi sifatida, slanetsli smolalardan kimyoviy xom ashyo (fenol, plastifikator, ixtiol va b. olinadi), chiqindisi (kuli)dan qurilish materiali (sement va b.) sifatida foydalaniladi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |