Yopiq bozorning ichkaridan ko'rinishi

Yopiq bozor (Kapalı Çarşı)          tahrir

Yopiq bozor Istanbulning markazida, Beyazit, Nuruusmon va Marjon tumanlarida joylashgan. Dunyodagi eng katta va eng qadimiy yopiq bozorlardan biridir. Bu bozorda taxminan 4000 do'kon mavjud va bu yerda bir necha yuzming insonlar ishlashadi. 2014-yilda u 91,250,000 tashrif buyuruvchini o'zida jamlagan.

Tarix tahrir

 
Bozorning kirish qismi

Yopiq bozor tarixi va ma'lumotlari 1461-yil Fotih Sulton Mehmet qurilishi ishlarini boshlangan yilga to'g'ri keladi. Lekin bu bozor tarixi Vizantiyaga borib taqaladi degan taxminlar ham yo'q emas. Poydevori Fotih Mehmet tomonidan qo'yilgan bu bozorning o'sishi va yirik moliya markaziga aylanishi va yirik moliya markaziga aylanishi Sulton Sulaymon (Qonuni) davrida sodir bo'lgan. Yopiq bozor 500 yil avvalgi yagona savdo markazi va dunyodagi moliyaning markazi bo'lgan.