Yopishqoqlik, -oquvchan moddalar (suyuqliklar va gazlar)ning ulardagi bir qismning ikkinchi qismga nisbatan harakatiga (siljishiga) qarshilik koʻrsatish xossasi. Yopishqoq oqishning asosiy qonunini I. Nyuton topgan (1687). SI tizimida dinamik Yo. birligi p — Pas (SGSda — puaz)da ifodalanadi. Turgʻunlashgan laminar oqishda doimiy trada gazlar va normal (nyuton suyukliklari deb ataluvchi) suyukliklarning Yo.i oʻzgarmas kattalik; u tezlik gradiyentiga bogʻliq boʻlmaydi. Erigan metallar ham odatdagi suyukliklar kabi Yo.ga ega boʻladi. Suyuq geliy alohida Yo. xossasiga ega. 2,172 K trada u oʻta oquvchan holatga oʻtib, uning Yo.i nolga teng boʻlib qrladi. Molekulyarkinetik nazariya Yo.ni molekulalarning harakati va oʻzaro taʼsiri xususiyatlari bilan tushuntiradi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Yopishqoqlik" OʻzME. Y-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil