Bosh menuni ochish

Yoqilgʻi — yonganda muayyan miqdorda issiqlik ajratadigan uglerod va uglevodorodli moddalar, energiya manbai. Qattiq, suyuq va gaz holatida boʻladi, tabiiy hamda sunʼiy xillarga boʻlinadi. Tabiiy qattiq Yo. — yogʻoch, torf, slanets, toshkoʻmir, antratsit va b., sunʼiy Yo. — pista koʻmir, koks, aglomerat va b. Tabiiy suyuq Yo. — neft, sunʼiysi — benzin, kerosin, mazut va b., tabiiy gazeimon Yo. — tabiiy gaz, sunʼiysi — domna gazi, generator gazi va b. Atom energiyasi va yarimoʻtkazgichlardan foydalanish texnikasi hamda nazariyasining rivojlanishi bilan yangi xil Yo. — yadro Yo.si paydo boʻldi. Iqtisodiy nuqtai nazardan eng arzon Yo. —neft va tabiiy gaz. Dvigatellarda ishlatiladigan Yo. (mas, benzin, kerosin, yadro Yo.si, reaktiv Yo. va b.) yonilgʻi deb ataladi. Har qanday Yo. va yonilgʻi issiqlik ajratuvchanl i k xossasi bilan ifodalanadi. Jadvalda ish holatidagi, yaʼni isteʼmolchilarga beriladigan holatdagi Yo. va yonilgilarning issiqlik ajratuvchanligi (kaloriyasi) keltirilgan: YO.ning turli xillari haqidagi maʼlumotlar tegishli maqolalarda beriladi (mas, gazlar, koʻmir, ushin, torf va q. k.).[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil