Raufov Yoqub (1888, Oʻratepa sh. — 1974.22.1, Toshkent) — naqqosh usta, Oʻzbekiston xalq rassomi (1963). Naqqoshlik hunarini otasi usta Rauf kalondan oʻrgangan. Otasi boshchiligida Oʻrta Osiyo (jumladan, Namangan, Margʻilon, Andijon, Xoʻjand, Kattaqoʻrgʻon, Samarqand, Chimkent va b.) shaharlaridagi jamoat binolarini bezashda qatnashgan. 18 yoshidan mustakil usta. 1923-yildan R. Toshkentda yashagan.

Xontaxta, quticha, qalamdon va b. uyroʻzgʻor buyumlarini badiiy bezagan. Toshkent oʻquvi.ch. badiiy kombinatida dare bergan. R. ijodida 19-asr naqqoshlik maktabi anʼanalarini davom ettirgan, milliy naqqoshlik maktablari anʼanalarini uygʻunlashtirib, oʻziga xos naqqoshlik maktabi yaratdi, burttirib "kundal" usulida naqsh ishlashni keng qulladi. Navoiy teatri (1947), Bekoboddagi metallurglar madaniyat uyi, Toshkentdagi Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi (1968), "Koʻk gumbazlar" choyxonasi (1970), Samarqanddagi "Yulduz" restorani (1969) va b. kupgina jamoat binolarini bezashda, Toshkent sh. (Polovsev uyi, hozirgi Amaliy sanʼat muzeyi), Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi meʼmoriy yodgorliklarni taʼmirlashda qatnashdi. 1937-yildan respublika va xorijiy mamlakatlar koʻrgazmalarida R. ning ishlaridan namunalar ham namoyish etilgan.

Adabiyot

tahrir
  • Naqqoshlik, T., 1973.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil