Yoqub Xoʻjayev (1935) – oʻzbek shoiri. Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tamomlab, Gidrometeorologiya texnikumida tahsil olgan. Seysmik stansiyada ishlash bilan birga, Toshkent davlat universiteti filologiya fakultetida oʻqishni davom ettirgan.

Oʻtgan asrning 60-yillari boshida „Mittivoyning sarguzashtlari“ nomli birinchi sheʼriy toʻlami nashr etilgan.

Asarlari

tahrir

„Temur bolakay“

„Shimollik mehmon“

„Uyimizning sehrgari“

„Sarguzasht izlovchi – Vundurgay“

„Vundurgay – Iztopar“

„Uxlayotgan ajdarho gʻori“

„Alomat bola sarguzashtlari“

Yoqub Xoʻjayev asarlari orasida „Hammasi qanday boʻlgani haqida“, „Nuqul sarguzasht“ nomli avtobiografik qissalar ham mavjud.


Tarjima

tahrir

U Quddus Muhammadiy, Ilyos Muslim, Shamsi Odil, Haydar Muhammad, Kavsar Turdiyeva, Usmon Azimiv, Azim Suyun, Farogʻat Kamolova, Durdona Roʻziyeva kabi ijodkorlar asarlarini rus tiliga tarjima qilgan.