Yordamchi tarmoq
Yordamchi tarmoq (qishloq xoʻjaligida) — xoʻjalikda asosiy (bosh) tarmoqni toʻldiradigan va tovar beradigan soha. Aksariyat xoʻjaliklarda asosiy tarmoq bilan birga 2—3 Yo. t. boʻlishi mumkin. Har bir Yo. t. texnologik, tashkiliy va iqtisodiy jihatlardan asoslangan, uning hajmi birinchi navbatda asosiy tarmoq bilan bogʻlangan hamda i. ch.ning rentabelli boʻlishini taʼminlashi kerak.
Oʻzbekistonda sabzavotchilik xoʻjaliklarida pillachilik, bogʻdorchilik xoʻjaliklarida asalarichilik, paxtakor xoʻjaliklarda polizchilik, yemxashak yetishtirish, pillachilik, chorvachilik Yo. t. hisoblanadi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |