Yoritilganlik - 1) fizikada — yuza birligi (mas, 1 m2)ga tushayotgan yorugʻlik oqimi. 2) qishloq xoʻjaligida — oʻsimlikning oʻsishi va rivojlanishi, fotosintez jarayoni asosan Quyosh spektrining koʻzga koʻrinadigan qismi taʼsirida sodir boʻladi Quyosh taʼsirida Yo. noldan (Quyosh chiqishi va botishida) 100 ming lk gacha (tushga yaqin) oʻzgaradi. Bulutsiz osmonda sochma nurdan Yo. kamdankam vaqtda 15 ming lk gacha yetadi. Osmonda parsimon yoki parsimonqatlamli bulutlar boʻlganda va Quyosh tikkaga kelganda gorizontal yuzaning Yo. 70 ming lk gacha yetishi mumkin. Kalin past bulutlar, ayniqsa, momoqaldiroq hosil qiladigan bulutlar Yo.ni keskin kamaytiradi. Yo. miqdori bilan yalpi hamda sochma radiatsiya oqimi oʻrtasida uzviy bogʻliqlik mavjud. Ularning nisbati yalpi (Ka) va sochma (Kg) radiatsiyaning yorugʻlik ekvivalenta yoki oʻtkazish (oʻtish) koeffitsiyenti deb ataladi. Oʻsimliklar muhitida yalpi radiatsiyaning vertikal taqsimlanishini hamda yalpi va sochma radiatsiyaning yorugʻlik ekvivalentini bilgan holda oʻsimlik qoplamida, xususan ekinzorlarda Yo.ning taqsimlanishini anikdash mumkin. Ekinlarning Yo. Kattaligi yalpi (yoki sochma) radiatsiyaning unga muvofiq keladigan yorugʻlik ekvivalentiga koʻpaytmasi sifatida aniqlanadi. Oʻrta Osiyo hududida bulutlilik juda kam boʻlgani uchun gʻoʻza yoki boshqa ekin maydonlarida Yo. tanqisligi sezilmaydi.[1]

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil