Shermat Yormatov
Shermat Yormatov (17-oktyabr 1939-yil, Fargʻona tumanida tugulgan – 22-dekabr 2021-yil, Toshkentda vafot etgan, Oʻzbekiston[1]) – xor dirijyori, kompozitor, bolalar xori sanʼatining faol targʻibotchisi. Oʻzbekiston xalq artisti (1997).
Shermat Yormatov | |
---|---|
Tavalludi |
17-oktyabr 1939-yil Fargʻona, Oʻzbekiston SSR |
Vafoti |
22-dekabr 2021-yil (82 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Faoliyat yillari | 1967-2021 |
Mukofotlari |
Taʼlimi
tahrirU 1967-yilda Toshkent davlat konservatoriyasini xor dirijyorligi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan[2].
Mehnat faoliyati
tahrirToshkent shahridagi 99-oʻrta maktabda musiqa oʻqituvchisi va „Boychechak“ xor studiyasining rahbari (1962–82), Uzteleradiosida xor jamoasi dirijyori (1967–70), „Bulbulcha“ bolalar xorining badiiy rahbari va bosh dirijyori (1971-yildan), Oʻzbekiston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi raisi oʻrinbosari (1996–99). A. Qodiriy nomidagi Madaniyat instituti (1980–95) da oʻqituvchi, dotsent (1994)[2].
Ijodi
tahrirKompozitor ijodida vokal musiqa (ayniqsa bolalar uchun yaratgan qoʻshiqlari) asosiy oʻrin tutadi. Uning „Salom maktab“, „Gʻildiragim“, „Ikki qoʻymang, oʻqituvchi!“, „Sumalak“, „Oymomojon rom boʻldi“, „Qizaloq“, „Xon atlas“, „Bu yurtning yoshlari“, „Chitti gul“ (folkloretnografik syuita), „Assalom hayot“ kantatasi (T. Ilhomov soʻzi) kabi qoʻshiqlari turli musiqa toʻplamlarida nashr etilgan. 1970-yillar oʻrtasidan boshlab oʻzbek bolalar qoʻshigʻi hamda xor sanʼatiga bagʻishlangan doimiy „Qoʻshigʻim – jon qoʻshigʻim“, „Birgalikda kuylaymiz“ telekoʻrsatuvlarini olib boradi[2].
Mukofotlari
tahrirShermat Yormatov 1994-yilda „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni bilan mukofotlangan[2]. Shermat Yormatov 2021-yil 22-dekabrda olamdan oʻtdi.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |