Yorugʻlik etalonlari - yorugʻlik birliklari: ravshanlik, yorugʻlik kuchi, yorugʻlik oqimi, yoritilganlikni aniq oʻlchash uchun qabul qilinadigan namunalar. Asosiy etalon, etalonnusxa va ish etalonlari bor. Platinaning qotish temperaturasi 2042,1 K da nurlanadigan, ravshanligi 60 stilb boʻlgan mutlaq qora jism asosiy etalon deb qabul qilingan. Etalonnusxa lampalar guruhidan iborat: uning nurlanish temperaturasi 2042,1 K. Etalonnusxaga asosan nurlanish temperaturasi 2365 K va 2800 K boʻlgan yorugʻlik kuchi ish etaloni vayorugʻlik oqimi ish etalon i yasalgan. Ish etalonlari yorugʻlik texnikasida oʻlchov namunasi sifatida ishlatiladi. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil