Yosh (huquq)
Yosh (huquqda) — qonunchilikda hisobga olinadigan omil. Qonun muayyan huquqiy oqibatlar boshlanishida odamning yoshini nazarda tutadi. Chunonchi, shaxe maʼlum yoshdan muomalaga layoqashlilik, harbiy xizmatni oʻtash, pensiyalar tayinlanish va sh. k. bilan bogʻliq huquklarga ega boʻladi. Balogʻat yoshi, yaʼni 18 yoshga toʻlgan shaxe siyosiy huquq va erkinliklar (vakolatli organlarga saylash va saylanish huquqi va hokazo)dan foydalanadi. Yo.ning boshqa huquqiy munosabatlar uchun ham ahamiyati bor. Chunonchi, nikoh yoshi Oʻzbekiston Respublikasida erkaklar uchun 18 yosh, ayollar uchun 17 yosh etib belgilangan. Mehnatga oid huquqiy munosabatlarda voyaga yetmaganlar mehnati bilan bogʻliq masalalar hisobga olinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida yoshlar uchun qoʻshimcha kafolatlar belgilangan. 18 yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnat huquqlari, ular mehnatidan foydalanish taqiqlanadigan ishlar, ular uchun qisqartirilgan ish vaqtining muddati, mehnat taʼtili berish va sh. k. belgilab qoʻyilgan. Oʻzbekiston Respublikasi JK ga koʻra, sodir etilgan jinoyat uchun 16 yoshga toʻlgan jismoniy shaxslar, javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirganlik uchun — 13 yoshga toʻlgan shaxslar javobgarlikka tortiladi. Odamning necha Yo.daligini fuqarolik holatlari hujjatlarini qayd etish idoralari bergan guvohnoma tasdiqlaydi. Agar bunday hujjat yoʻq takdirda, amaldagi qonunchilikda boshqa tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, Yo. toʻgʻrisidagi masala sud tomonidan koʻrib chiqiladi. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |