Yoshlar ovoziOʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi muassisligidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, adabiy-badiiy gazeta[1].

Yoshlar ovozi
Biz - kelajak bunyodkorimiz
Turi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, adabiy-badiiy
Formati A2
Kimga tegishli Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi
Asos solingan 1925-yil
Bosh muharrir Hamza Abdullayev
Tili Oʻzbek tili
Narxi obuna asosida
Bosh ofisi Toshkent, Mustaqillik shoh ko'chasi, 2-uy
Adadi 10 mingdan ortiq
Vebsayt yoshlarovozi.uz

Tarixi

tahrir

Gazetaning ilk soni 1925-yil 8-fevralda „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasining 51-soniga ilova tarzida nashr etilgan. Gazeta 1925-yil 18-apreldan „Yosh leninchi“ nomi ostida Oʻzbekiston Sovet Yoshlar ittifoqi tashkiloti muassisligida haftada 1 marta chiqa boshlagan. Oʻsha paytda gazeta 8 ming nusxada chop etilgan. 1929-yildan 1935-yilgacha nomuntazam tarzda nashr etilgan. 1936-yildan 1966-yilgacha haftada uch marotaba chop etilgan. Gazetaning 1929-yildan 1930-yilgacha tahririyati Samarqand shahrida joylashgan edi. Ikkinchi jahon urushi boʻlgan 1939-yildan 1945-yilgacha gazetaning faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan. 1992-yil 1-yanvardan boshlab gazeta „Turkiston“ nomi ostida nashr qilingan[2]. 2001-yil 25-aprelda „Turkiston“ gazetasi „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati muassisligiga oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi „Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida“ gi PF-5106-sonli Farmoniga asosan „Turkiston“ gazetasi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi muassisligiga oʻtkazildi [3]. 2017-yil iyul oyidan hozirgi „Yoshlar ovozi“ nomi ostida chop etila boshlandi.

Tavsifi

tahrir

Gazeta haftada bir marotaba chop etiladi. Gazetaning bosh shiori „Biz-kelajak bunyodkorimiz“. Bosh muharrir-Hamza Abdullayev. Bosh hamkor Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hisoblanadi. Gazeta materiallari toʻliq oʻzbek tilida chop etiladi. Gazeta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 2020-yil 11-dekabrda № 0242-raqami bilan qayta roʻyxatdan oʻtgan. Gazetada asosan hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasida yoshlar oid davlat siyosati, ijtimoiy yangiliklar, mahallardagi yoshlar yetakchilari faoliyati hamda shu kabi materiallar eʼlon qilinadi. Gazetaning tahririyati Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 2-uyda joylashgan. Gazeta „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosmaxonasida chop etiladi. Oʻlchami A2 formatda ofset usulida nashr etiladi. Oʻrtacha adadi 10 mingdan oshiqni tashkil etadi. Gazeta asosan 4 sahifadan iborat boʻlib, ayrim sonlari 6-8 sahifasini tashkil etadi.

Manbalar

tahrir