Yoshlik (stadion)
Yoshlik stadioni (ruscha: Ёшлик (стадион)) — Oʻzbekistonning Samarqand shahridagi koʻp maqsadli stadion.
Sobiq nom(lar)i | Yoshlik Stadioni |
---|---|
Joyi | Samarqand, Oʻzbekiston |
Egasi | Spartak (futbol klubi) Samarqand |
Operator | Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi |
Yuzasi | tabiiy chim, grass |
Hajmi | 800 (futbol) |
Maydon oʻlchami | 112m x 72m |
Maydon egalari | |
Spartak (futbol klubi) Samarqand |
Tarixi
tahrirIlgari arena „Spartak“ stadioni deb atalgan. Bu Samarqandning „Spartak“ futbol klubi hamda shahar, viloyat, oʻsmirlar, oʻsmirlar va bolalar chempionatlarida ishtirok etuvchi boshqa klublarning uy stadioni hisoblangan. Sovet davrida qurilgan. Bir necha marta taʼmirlangan. 800 dan ortiq tomoshabinni sigʻdiradi. Stadionda futbol oʻyinlaridan tashqari, futbolchilar uchun mashgʻulotlar, turli sport musobaqalari va boshqa tadbirlari oʻtkaziladi[1]. Samarqand shahrining markazida, Boʻstonsaroy, Tursunov, Husayn Bayqaro, Spartak koʻchalari bilan oʻralgan. „Spartak“ avtobus bekati yonida. Alisher Jalilov va Aleksey Semyonov kabi futbolchilar futbol faoliyatini aynan shu stadiondan boshlagan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Samarqanddagi stadionlar test sinovlari o‘tkazishga yetadimi?“ (2020-yil 8-avgust). 2022-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.