You're My Heart, You're My Soul

Modern Talking quruhi qoʻshigʻi (1984)

You're My Heart, You're My Soul“ (tarjimasi „Sen meni yuragimsan, sen meni qalbimsan“) — „Modern Talking“ olmon dueti ijro etgan qoʻshiq. 1984-yilning 29-oktabrida guruhning „The 1st Album“ nomli ilk albomining ilk qo'shig'i oʻlaroq chiqarilgan. Chiqarilganidan keyin qariyb uch oy oʻyib — 1985-yiling 21-yanvarida Germaniya xit-paradida eng yuqori 40 qoʻshiq safiga kirgan, oʻsha yilning 28-yanvarida esa 9-pogʻonagacha koʻtarilgan. Besh haftadan keyin xit-paradda birinchi oʻringa koʻtarilgan bu pogʻonadan olti hafta davomida tushmagan. Germaniyada 250 mingdan oshiq adadda sotilgani uchun „oltin“ sertifikat bilan taqdirlangan. Fransiyada ham 850 ming nusxada oshiq adadda sotilgani uchun „oltin“ sertifikat olgan. „You're My Heart, You're My Soul“ duet repertuaridagi eng muvaffaqiyatli tarona boʻlib, bugunga qadar jahon boʻylab 8 milliondan oshiq nusxada sotilgan.

„You're My Heart, You're My Soul“
Modern Talking qoʻshigʻi
„The 1st Album“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 29-oktabr 1984-yil
Janr Dans-pop[1]
Davomiyligi 5:35
Leybl
Matn muallif(lar)i Dieter Bohlen (Steve Benson oʻlaroq)[2]
Prodyuser(lar) Steve Benson
Modern Talking singllari xronologiyasi
You're My Heart, You're My Soul
(1984)
„You Can Win If You Want“
(1985)
Klipi
„You're My Heart, You're My Soul“ YouTubeda

„Modern Talking“ 1998-yilda sanʼatga qaytganidan keyin qoʻshiqni „You're My Heart, You're My Soul '98“ nomi bilan qayta kuylagan. Yangi remisk guruhning „Back for Good“ nomli yettinchi studiyaviy albomiga kiritilgan. Qoʻshiq Vengriya xit-paradida birinchi pogʻonaga koʻtarilgan, bir necha mamlakatda, jumladan, Germaniya, Shveysariya, Avstriya, Fransiyada eng yuqori oʻntalikka kirgan. Remiks Germaniyada ikkinchi pogʻonagacha koʻtarilgan hamda 500 mingdan oshiq adadda sotilgani uchun „platina“ sertifikat bilan taqdirlangan. Fransiya xit-paradida esa qoʻshiq uchinchi pogʻonagacha koʻtarilgan hamda 250 ming dan oshiq nusxada sotilgani uchun „oltin“ sertifikat olgan.

2019-yilda „Modern Talking“ guruhi aʼzosi va produseri Dieter Bohlen oʻzining „Dieter feat. Bohlen — Das Mega Album“ albomi uchun „You're My Heart, You're My Soul“ qoʻshigʻining orkestr bilan ijro etilgan hamda klub versiyasini yozgan. 2022-yilda Bohlen qoʻshiqni olmon pop xonandalar Katja Krasavice hamda Pietro Lombardilar bilan nemis tilida kuyladi. Mazkur versiya Germaniya xit-paradlarida ikkinchi pogʻonagacha koʻtarildi.

Manbalar

tahrir
  1. Arena, James „The CD Rack: Recommended Listening“, . Stars of '90s Dance Pop: 29 Hitmakers Discuss Their Careers. McFarland & Company, 2017 — 231–238-bet. ISBN 978-1-4766-6756-0. 
  2. Arena, James „Thomas Anders – Modern Talking : "You're My Heart, You're My Soul" (1984) – Germany“, . Europe's Stars of '80s Dance Pop: 32 International Music Legends Discuss Their Careers. McFarland & Company, 2017 — 11-bet. ISBN 978-1-4766-7142-0. 

Havolalar

tahrir