You Belong with Me“ amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Taylor Swift ijro etgan qoʻshiqdir. Xonandaning Fearless (2008) nomli ikkinchi studiyaviy albomiga kiritilgan. 2009-yilning 20-aprelida albomning uchinchi singli oʻlaroq Big Machine Records leyblida eʼlon qilingan. Swift qoʻshiq matnini Liz Rose bilan birga yozgan, qoʻshiqni esa Nathan Chapman bilan birgalikda hozirlagan. Shuningdek, xonanda qoʻshiq soʻzlarini doʻstining qiz oʻrtogʻi bilan telefon qoʻngʻirogʻidan ilhomlanib yozgan. Qoʻshiq matni bir qahramonning ikkinchisiga boʻlgan bir tomonlama muhabbati haqidadir. „You Belong with Me“ country pop janridagi qoʻshiqdir.

„You Belong with Me“
Taylor Swift qoʻshigʻi
„Fearless“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 20-aprel, 2009-yil(2009-04-20)
Yozib olingan 2008
Studiya Blackbird (Nashville)
Janr
Davomiyligi 3:52
Leybl Big Machine
Matn muallif(lar)i
  • Taylor Swift
  • Liz Rose
Prodyuser(lar)
  • Nathan Chapman
  • Taylor Swift
Taylor Swift singllari xronologiyasi
„White Horse“
(2008)
You Belong with Me
(2009)
„Fifteen“
(2009)
Klipi
„You Belong with Me“ YouTubeda

Qoʻshiq musiqa tanqidchilari tomonidan xush qarshilangan. „Yil qoʻshigʻi“ (inglizcha: Song of the Year), „Yil yozuvi“ (inglizcha: Record of the Year) va „Eng yaxshi ayol pop-vokal ijrosi“ (inglizcha: Best Female Pop Vocal Performance) nominatsiyalarida Grammy mukofoti bilan taqdirlangan. Tarona koʻplab mamlakatlar musiqa chartlarida yuqori oʻntalik safidan oʻrin egallagan hamda Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya va Yaponiya kabi mamlakatlarda savdosi chaqqon boʻlgani ortidan sertifikatlar bilan taqdirlangan. „You Belong with Me“ning savdosi AQShda ham chaqqon boʻlgan. Billboard jurnali yuritadigan Hot 100 chartida ikkinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Ayni jurnal yuritadigan Radio Songs chartida birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan hamda shu chartda birinchi pogʻonaga koʻtarilgan birinchi country janridagi qoʻshiqqa aylangan. Ashula Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi (inglizcha: Recording Industry Association of America) tomonidan 7× platina sertifikati bilan taqdirlangan.

„You Belong with Me“ CMT va VH1 nashrlari tuzgan 2000-yillarning eng buyuk qoʻshiqlari roʻyxatida mos ravishda 8- va 50-oʻrinni egallagan. Qoʻshiq uchun olingan klipga Roman White rejissorlik qilgan. Klipda Swift ikki qahramonni jonlantirgan: birinchisi oddiy, odamovi qiz qahramoni boʻlsa, boshqasi kalandimogʻ, takabbur qiz qahramonidir; Lucas Till klipda bosh qahramonlardan biri boʻlmish yigit rolini ijro etgan. Klip „Ayol ijrosidagi qoʻshiqqa olingan eng yaxshi videoklip“ (inglizcha: Best Female Video) nominatsiyasida MTV Video Music Awardni olgan.

Chartlar

tahrir
Haftalik chartlar
Chart (2009–2010) Oʻrni
  Avstraliya (ARIA)[1] 5
  Belgiya (Ultratip Flanders)[2] 11
  Belgiya (Ultratip Wallonia)[3] 23
  Kanada (Canadian Hot 100)[4] 3
  Kanada (AC)[5] 2
  Kanada (CHR/Top 40)[6] 1
  Kanada (Country)[7] 1
  Kanada (Hot AC)[8] 1
  Daniya (Tracklisten)[9] 32
  Vengriya (Rádiós Top 40)[10] 31
  Irlandiya (IRMA)[11] 12
  Yaponiya (Japan Hot 100)[12] 10
  Meksika (Mexico Ingles Airplay)[13] 10
  Niderlandiya (Single Top 100)[14] 68
  Yangi Zelandiya (Recorded Music NZ)[15] 5
  Slovakiya (Rádio Top 100)[16] 17
  Shvetsiya (Sverigetopplistan)[17] 47
  Birlashgan Qirollik (UK Singles)[18] 30
  AQSh (Billboard Hot 100)[19] 2
  AQSh (Adult Contemporary)[20] 1
  AQSh (Adult Top 40)[21] 2
  AQSh (Hot Country Songs)[22] 1
  AQSh (Mainstream Top 40)[23] 2

Manbalar

tahrir
  1. "Taylor Swift – You Belong with Me". ARIA Top 50 Singles. Qaraldi: 2015-yil 30-iyul.
  2. "Taylor Swift – You Belong with Me" (niderlandcha). Ultratip. Qaraldi: 2015-yil 30-iyul.
  3. "Taylor Swift – You Belong with Me" (fransuzcha). Ultratip. Qaraldi: 2015-yil 30-iyul.
  4. "Taylor Swift Chart History (Canadian Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2015-yil 30-iyul.
  5. "Taylor Swift Chart History (Canada AC)". Billboard. Qaraldi: 2015-yil 30-iyul.
  6. "Taylor Swift Chart History (Canada CHR/Top 40)". Billboard. Qaraldi: 2015-yil 30-iyul.
  7. "Taylor Swift Chart History (Canada Country)". Billboard. Qaraldi: 2015-yil 30-iyul.
  8. "Taylor Swift Chart History (Canada Hot AC)". Billboard. Qaraldi: 2015-yil 30-iyul.
  9. "Taylor Swift – You Belong with Me". Tracklisten. Qaraldi: 2015-yil 30-iyul.
  10. "Archívum – Slágerlisták – MAHASZ" (vengercha). Rádiós Top 40 játszási lista. Magyar Hanglemezkiadók Szövetsége. Qaraldi: 2015-yil 30-iyul.
  11. "The Irish Charts – Search Results – You Belong with Me". Irish Singles Chart. Qaraldi: 2020-yil 29-yanvar.
  12. „ja:2010/02/15 付け (Chart Date 2010/02/15)“ (ja). Billboard Japan. 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-iyul.
  13. "Mexico Ingles Airplay". Billboard.
  14. "Taylor Swift – You Belong with Me" (niderlandcha). Single Top 100. Qaraldi: 2015-yil 30-iyul.
  15. "Taylor Swift – You Belong with Me". Top 40 Singles. Qaraldi: 2015-yil 30-iyul.
  16. "ČNS IFPI" (slovakcha). Hitparáda – Radio Top 100 Oficiálna. IFPI Czech Republic. Note: insert 200941 into search. Qaraldi: 2015-yil 30-iyul.
  17. "Taylor Swift – You Belong with Me". Singles Top 100. Qaraldi: 2015-yil 30-iyul.
  18. "Taylor Swift: Artist Chart History". Official Charts Company. Qaraldi: 2015-yil 30-iyul.
  19. "Taylor Swift Chart History (Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2015-yil 30-iyul.
  20. "Taylor Swift Chart History (Adult Contemporary)". Billboard. Qaraldi: 2015-yil 30-iyul.
  21. "Taylor Swift Chart History (Adult Pop Songs)". Billboard. Qaraldi: 2015-yil 30-iyul.
  22. "Taylor Swift Chart History (Hot Country Songs)". Billboard. Qaraldi: 2015-yil 30-iyul.
  23. "Taylor Swift Chart History (Pop Songs)". Billboard. Qaraldi: 2015-yil 30-iyul.

Havolalar

tahrir