Yovgʻon — goʻshtsiz, yogʻsiz tayyorlanadigan suyuqovqat. Yo. xoʻrda — guruchning quruq oʻzi qaynatilgan suyuq osh; piyova — piyozdan qaynatilgan shoʻrva; Yo. shoʻrva — sabzavot qaynatmalari. Yo. ovqatlar parhez taom hisoblanadi. Yo. tayyorlash uchun oqshoq yoki guruch qozonda qaynab turgan suvga solib, yumshaguncha qaynatiladi. Guruch ezilib pishgach, tuzi rostlanadi, soʻng kosalarga suzib, 1 osh qoshigʻida qatiq solinadi va yuziga kashnich sepib dasturxonga tortiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil