Yexidnalar
Yexidnalar (Tachyglossidae) — tuxum qoʻyib koʻpayuvchi sut emizuvchilar turkumining bir oilasi. Kalta tum-shuq vauzun tumshuq Ye. urugʻiga boʻlinadi. Birinchi urugʻning 2, ikkinchisining esa 3 turi bor. Ular orasida Avstraliya kalta tumshuq yexidnasi ancha keng tarqalgan. Tanasi katta, uz. 50 sm gacha, usti uchli ninalar bilan qoplangan. Oyoklari kalta va yoʻgʻon, tirnoqlari baquvvat, yer kovlashga moslashgan. Dumi juda kalta. Jagʻi muguz tumshuqqa aylangan, tili uzun, chuvalchangsimon, tishi yoʻq. Urgʻochisida haqiqiy bachadon boʻlmaydi. 2 ta tuxumdonining tuxum yoʻllari kloakaga ochiladi, odatda bitta tuxum qoʻyadi, bola ochib chiqqunigacha tuxumini qorin xaltachasida olib yuradi. Sharqiy Avstraliya, Yangi Gvineya va Tasmaniyada yashaydi. Ye. chumolilar, termitlar, chuvalchanglar va b. bilan oziqlanadi. Tunda xayot kechiradi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |