Yoy pechi
Yoy pechi — metall va b. materiallarni eritish uchun elektr yoyi issiqligidan foydalaniladigan elektr pechi. Birinchi marta 1898—1901 yillarda Fransiyada P. Eru, Italiyada E. Stassanolar sanoatda qoʻllashgan. Qizdirish usuliga koʻra, bevosita va bilvosita qizdiriladigan hamda yoyi berk pechlarga boʻlinadi. Bevosita (toʻgʻridantoʻgʻri) qizdiriladigan Yo. p.da yey elektrodlar va qizdiriladigan jism orasida yonadi (rayem, a). Bilvosita qizdiriladigan Yo. p.da yey elektrodlar orasida, qizdiriladigan materiallardan bir oz narida yonadi; bunda issiqlik yoydan nurlanish orqali uzatiladi (rayem, b). Yoyi berk pechlarda yey elektrodlarni qurshab olgan qattiq shixta qatlamlari ostida yonadi (rayem, v); bunda shixta yoydan ajralib chikadigan issikdik bn, shuningdek, shixtadan tok oʻtayotganda hosil boʻladigan joul issiqlik bilan qiziydi. Bevosita qizdiriladigan Yo. p. keng tarqalgan boʻlib, unda koʻpincha poʻlat eritiladi. Yoyi berk pechlarda rangli metallar, ferroqotishmalar, elektr korundlar va b. eritiladi. Bevosita kizdiriladigan Yo. p.ning hajmi 360—400 t boʻlib, metall va shlakni yuklash yoki boʻshatish vaqtida ogʻdiriladi. Bulardan tashqari elektrodi sarf qilinadigan (qayta eritiladigan metalldan tayyorlanadi) va elektrodi sarf qilinmaydigan (volfram yoki grafitdan tayyorlanadi) vakuumli Yo. p. bor. Bunday pechlar metall va qotishmalarni vakuumyoy yordamida qayta eritishda qoʻllanadi. YEY RAZRYAD — elektrodlar orasida (gazlarda) roʻy beradigan elektr razryad. Kumir yoki metall elektrodlar orasida hosil boʻladigan volta yoyi Yo. r.ga misol boʻlishi mumkin. Ikkita kumir elektrod orasida havoda Yo. r. sodir boʻlayotganini birinchi marta 1802 yilda rus olimi V. V. Petrov va undan mustasno 1808 yilda hind olimi G. Devilar kuzatishgan. Elektr manbaiga ulangan ikkita kumir elektrod birbiriga yaqinlashtirilganda choʻgʻlanadi va katodsan elektronlar chiqa boshlaydi. Elektrodlar birbiridan uzoklashtirilganda ular orasida yorqin yoy hosil boʻladi. Elektrodlar (asosan, katod)ning temperaturasi 3000—3600 K ga yetadi. Gaz bosimi 20 atm ga yetganda yoy temperaturasi 6000 K ga yaqinlashadi. Yoyning yuqori temperaturasi tufayli ionlanish roʻy beradi. Shuning uchun elektrodlar orasida yaxshi elektr oʻtkazuvchanlik paydo boʻladi. Bundan tashqari, elektron emissiya tufayli katodga yaqin soha qarshiligi kichik boʻladi. Bular kichik kuchlanishda ham elektrodlar orasida Yo. r. yuz berishiga sabab buladi. Elektrodlar juda (bir necha sm gacha) yaqinlashganda Yo. r. kuchlanishi 40—50 V ga yetadi. Yo. r.dan elektrotexnika, elektr payvandlash, yoy iyechlarida metall eritishda, gaz razryadli yorugʻlik manbaida, plazmatronlar, lyuminespent lampalar, gazotron va b.da foydalaniladi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |