Yoyiluvchanlik — qattiq jismlar (mas, metall va qotishmalar)ning mexanik kuchlanish va uzgarmas (statik) nagruzka (yuk, kuch) taʼsirida sekinasta uzluksiz plastik deformatsiyalanishi (qarang Deformatsiya). Yo. hodisasi bir necha yuz yillar oldin sezilgan. Biroq metall va qotishmalar, rezina, shishalarning Yo. xossalari 1940-yillardan boshlab izchil ravishda tekshirila boshlangan. Texnikaning rivojlanishi bilan yuqori temperatura va nagruzkada ishlaydigan mashina detallari (bugʻ va gaz turbinalari, reaktiv dvigatellar va raketalarning disk va kuraklari)ning Yo. xossalari aniklangan. Natijada bu detallarni maxsus konstruksion materiallar (olovbardosh qotishmalar)dan tayyorlashga toʻgʻri keldi. Yo. faqat yuqori tralardagina emas, balki past tralarda ham vujudga keladi. Mas, kadmiyda — 269° da, temirda — 169° da Yo. seziladi. Suyukdanish temperaturasi past boʻlgan metallar (qoʻrgʻoshin, alyuminiy), beton, yogʻoch, rezina, kauchuk, plastmassalarda Yo.ni xona temperaturasida ham kuzatish mumkin. Betonga xos Yo. uning kanchalik yangiligiga bogʻliq boʻladi. Metall va qotishmalardagi Yo.ni choʻzish, burash va egish usuli bilan aniqlash mumkin. Bulardan eng keng tarqalgani choʻzish usulidir. Bunda sinaladigan metalldan namuna tayyorlanadi va uning ikki uchini qisqichlarga mahkamlab, pechga kiritiladi va zarur tragacha qizdiriladi. Namunaga uzgarmas nagruzka uzoq taʼsir ettiriladi. Tra termoelektrik pirometr bn, deformatsiya esa maxsus asbob bilan ulchanadi. Oʻzgarmas nagruzka qancha kichik boʻlsa, Yo. shuncha sekin boradi va namuna shuncha uzok, vaqtga chidaydi. Metall va qotishmalarning uzoq davom etadigan oʻzgarmas nagruzkaga qarshilik koʻrsatish xossasi uning Yo. chegarasi deb ataladi. Metallarning yuqori tradagi mexanik xossalari ularning Yo. chegaralariga bogʻliq. Mashinalarning yuqori trada mexanik nagruzkalarda ishlaydigan detallari uchun Yo.ning ahamiyati katta.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil