Konstantin Yudaxin
Konstantin Kuzmich Yudaxin (1890.31.5, Orsk 1975.22.2, hozirgi Bishkek) — sharqshunos, turkiyshunos olim.
Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir aʼzosi (1952), Qirgʻiziston Fanlar Akademiyasi akademik (1955), professor (1940), filologiya fanlari doktori (1949). Qirgʻizistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Turkiston oʻqituvchilar seminariyasini (Toshkent, 1910), Oʻrta Osiyo universitetining sharq fakultetini tugatgan (1925). Mankent, Qorabuloqdagi rus-tuzem maktablarida oʻqituvchilik qilgan (1910—15), Sintszyanda ilmiy safarda boʻlgan (1915—20); Leningradda Sharqshunoslik institutida oʻzbek, uygʻur, qozoq va qirgʻiz tillari oʻqituvchisi (1925—32), Moskva sharqshunoslik institutida uygʻur tili kafedrasi mudiri (193244), Qirgʻiziston Fanlar Akademiyasi (SSSR Fanlar Akademiyasi filiali) Til va adabiyot instituti ilmiy xodimi (1944—52), Qirgʻiziston davlat pedagogika instituti (1946—51), Fargʻona pedagogika instituti (1952—54) professor, Qirgʻiziston untida maslahatchi professor (1955-yildan).
Yudaxinning ilmiy ishlari oʻzbek, uygʻur, qirgʻiz tillari tarixi, lahja va shevalarini, ularning genezisi va oʻzaro aloqasini, mazqur turkiy tillarning boshqa oiladagi tillar bilan munosabati, turkiy tillar yozuvi, leksikografiyasi va terminologiyasini oʻrganish masalalariga bagʻishlangan. Yu. birinchi boʻlib oʻzbek tili shevalarini oʻrgangan, oʻzbekcha-ruscha (arab alifbosida; T., 1927), qirgʻizcha-ruscha (M., 1940) lugʻatlarni tuzgan olimlardandir. Uning 1965-yilda Moskvada nashr etilgan "Qirgʻizcha-ruscha lugʻat"i Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (1967).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |