Yukagir yassitogʻligi
Yukagir yassitogʻligi — RF Saxa Respublikasi va Magadan viloyatidagi yassitogʻlik. Kolima daryosi oʻrta oqimining oʻng sohilida joylashgan. Janubiy gʻarbdan shimoliy sharqqa 500 km ga choʻzilgan. Eni 250—300 km. Relyefi yassi, nurash kuchli. Shimoli-gʻarb tomon pasayib boradi. Oʻrtacha bal. 300—400 m. Baland qismi — jan.da (Chubukulax kryajining eng baland joyi 1128 m). 400—500 m balandlikkacha siyrak daraxtli oʻrmonlar, tayga mavjud. Undan yuqorida togʻ tundrasi boshlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |