Yulduz Ergasheva

oʻzbekistonlik olima, tarix fanlari doktori, professor

Yulduz Alimovna Ergasheva (1963-yil 28-sentyabr, Qarshi, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, tarix fanlari doktori, professor.

Yulduz Ergasheva
Tavalludi 28-sentyabr 1963-yil (1963-09-28) (60 yosh)
Qarshi, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Ilmiy darajasi tarix fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

Yulduz Ergasheva 1963-yil 28-sentyabr Qarshi shahrida tugʻilgan. 1985-yilda Toshkent davlat universitetini tarix va jamiyatshunoslik mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 1985-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti Qarshi filiali (hozirda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti) „Oʻzbekiston tarixi va davlat qurilishi“ kafedrasi oʻqituvchisi lavozimida ish boshlagan. 1992—1993-yillarda Qarshi agrar-iqtisodiyot instituti Oʻzbekiston tarixi va davlat qurilishi kafedrasi assistenti, 1993—1995-yillarda Oʻzbekiston tarixi va davlat qurilishi kafedrasi dotsenti, 1995—1997-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti doktoranti, 1997—2000-yillarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Oʻzbekiston tarixi va davlat qurilishi kafedrasi dotsenti, 2000-yildan Oʻzbekiston tarixi kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat koʻrsatib kelmoqda[1].

Ilmiy faoliyati tahrir

1990-yilda „Деятельность компартии Узбекистана в области народного образования в годы Великой Отечественной войны (1941-1945 гг. )“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini[2], 1998-yilda „Oʻzbekiston madaniyati: holati, rivojlanish yoʻnalishlari va muammolari (50-60 yillar)“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Respublika „Maʼrifat“ targʻibotchilari jamiyati aʼzosi, 2012-yildan „Olima“ uyushmasi Qashqadaryo boʻlimi raisi. O‘zbekiston tarixi va madaniyati sohasida 320 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 3 ta darslik, 11 ta o‘quv qo‘llanma, 16 ta monografiya, 7 ta risola, 17 ta o‘quv, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 3 ta loyiha muallifi. Monografiyalari Angliya va Hindistonda, 50 dan ortiq ilmiy maqolalari Xitoy, Turkiya, Germaniya, Rossiya, Bolgariya, Ukraina, Saudiya Arabistoni, Hindiston, Qozogiston, Qirgiziston ilmiy jurnallarida chop etilgan. Shu jumladan, Forobiy nomli Qozog‘iston Milliy universiteti bilan hamkorlikda Markaziy Osiyoning buyuk diniy allomalari (Velikiye religiozniye deyateli Sentralnoy Azii) mavzusida o‘quv qo‘llanmani chop ettirgan[1].

Mukofotlari tahrir

1999-yilda Oliy taʼlim aʼlochisi koʻkrak nishoni, 2016-yilda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi, 2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 25 yilligi koʻkrak nishonlari, 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi, 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 30 yilligi koʻkrak nishonlari[1] hamda 2020-yilda „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlangan[3][4].

Manbalar tahrir

Andoza:OʻTOE

Havolalar tahrir