Yuliya Vladimirovna Borzova ( 1981-yil 14-yanvar, Yangi-Xayot ) — o‘zbekistonlik baydarka va eshkak eshish sportchisi, 2001-yildan buyon O‘zbekiston milliy terma jamoasida ishtirok etadi. Ikkita yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, ko‘p karra Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi, mamlakat milliy chempionatlarining ko‘p karra chempioni.

Yuliya Vladimirovna Borzova
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 14-yanvar 1981-yil (1981-01-14) (43 yosh)
Yangi-hayot qishlog‘i
Sport
Qaysi sport Eshkak eshish
Sport mukofotlari
Osio oʻyinlari
Kumush Pusan 2002 К-1 500m
Oltin Pusan 2002 К-4 500m
Oltin Doha 2006 К-1 500m
Kumush Guanchjou 2010 К-4 500m

Tarjimai hol tahrir

Yuliya Borzova 1981-yil 14-yanvarda Toshkent viloyatining Yangi-hayot qishlog‘ida dunyoga keladi. Murabbiylari T.Mamatqulova va A.Shubinlar qo‘l ostida sakkiz yoshidan eshkak eshish bilan faol shug‘ullanib keladi.

U o‘zining birinchi muvaffaqiyatiga 2001-yilda O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy tarkibiga ilk bor kirib, Polshaning Poznan shahridagi jahon chempionatida erishadi va u yerda yakka tartibda baydarkada 200 metrga eshkak eshish o‘rtasida oltinchi, 1000 metrga eshkak eshish bo‘yicha ikkinchilar orasida to‘qqizinchi o‘rinni egallaydi. Bir yil o‘tgach, u Jahon kubogida debyut qiladi, so‘ngra Pusanda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida to‘rtlik va yakkalik bilan yarim kilometr masofada oltin va kumush medallarga sazovor bo‘ladi. Borzova Sevilyadagi jahon chempionatida ham ishtirok etib, birdaniga uchta yo‘nalishda qatnashdi, biroq ularning birortasida ham g‘oliblar qatoridan joy ololmaydi. Bir yildan so‘ng AQSHning Geynsvill shahridagi jahon chempionatida u to‘rt o‘rindiqli ekipaj bilan ikki yuz metr masofada medallar uchun kurashdi, finalga chiqdi, ammo hal qiluvchi suzishda sakkizinchi bo‘ladi.

Bir qator omadli chiqishlari tufayli u 2004-yilda Afinadagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida mamlakat sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritadi, 500 metrga yakka tartibdagi eshkak eshish poygasida ishtirok etadi, ammo faqat yarim finalgacha yetib boradi. Olimpiadadan so‘ng u O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy tarkibida qolib, yirik xalqaro musobaqalarga qatnashishni davom ettiradi. Shunday qilib, 2005-yilda Malayziyaning Putrajaya shahridagi Osiyo chempionatida bir nechta medallar, jumladan, bitta oltin, to‘rtta kumush va ikkita bronza medalini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ladi. Keyingi mavsumda u yarim kilometr masofada yagona dastur bo‘yicha barcha raqiblarini mag‘lub etib, Dohadagi Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ladi. Bundan tashqari, u Vengriyaning Seged shahrida o‘kazilgan jahon chempionatida ishtirok etadi, 200 metrga yakka tartibdagi eshkak eshish poygasida medal olishi mumkin edi, ammo u finalda to‘rtinchi o‘rinni oladi.

Uch yillik tanaffusdan keyin 2009-yilda Borzova katta sportga qaytadi va Tehrondagi Osiyo chempionatida beshta medalni: ikkita oltin, ikkita kumush va bitta bronzalarni qo‘lga kiritadi. Guanchjoudagi Osiyo o‘yinlarida u K-4 500 m dasturida shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tariladi, keyinroq Segeddagi jahon chempionatida va Tehrondagi yana bir Osiyo chempionatida  uchta bronza va bitta kumush medallar bilan o‘z kolleksiyasini to‘ldiradi. Jahon kubogi natijalariga ko‘ra u eng yaxshi baydarkachilarning umumiy reytingida yigirma ikkinchi o‘rnini tutadi. Yuliya Borzova yetakchi eshkakchilardan bo‘lib, 2012-yilda Londondagi Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma oladi, mamlakatni birdaniga ikkita yo‘nalish bo‘yicha, yakkalik bahslarida 200 va 500 metrga — har ikki holatda ham yigirma to‘rtinchi va yigirmanchi birinchi o‘rinlarni olib, yarim finalga chiqadi[1] .

U 2018-yilgi Yozgi Osiyo o‘yinlarida 500 metrga juftlik bahslarida kumush va 500 metrga to‘rttalik eshkak eshishda bronza medalini oladi, 2019-yilda Segeddagi (Vengriya) jahon chempionatida ishtirok etib, 9-o‘rinni egalladi[2] .

Ayni kunda Toshkentda istiqomat qiladi. Oliy ma’lumotga ega, 2004-yilda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining suzish va eshkak eshish kafedrasida tahsil olib, mazkur dargohni bitiradi. Uning akasi Sergey Borzov ham taniqli eshkak eshuvchi, u bir necha bor milliy terma jamoasi saralash bosqichidan o‘tgan va turli nufuzli musobaqalarda mamlakat sharafini himoya qilgan.

Manbalar tahrir

  1. „Лондон-2012: Юлия Борзова не прошла в финал“. uzdaily.uz (2012-yil 7-avgust). 2014-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-may.
  2. „Турнирная история Юлии Борзовой“ (ru). 2022-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-fevral.

Havolalar tahrir