Yunus pari – „Goʻroʻgʻli“ turkumi dostonlaridagi obraz. Shu turkumdagi hamma dostonlarda u Goʻroʻgʻlining vafodor xotini, doʻsti, maslahatgoʻyi, aqlu farosatda, jasorat va obroʻda, qoʻpincha undan ustun turadigan ayol sifatida tasvirlanadi. Tengsiz goʻzal, mehribon ona – oʻgay oʻgʻli Avazxonni muhabbat bilan ardoklaydi. Elyurt xavf ostida qolganda Goʻroʻgʻli, Avazxon va boshqalar boshiga ogʻir qunlar tushganda Yunus pari Misqol pari va Gulnor parilar bilan birgaliqda yordamga otlanadi, jangga kirib qahramonlik koʻrsatadi (yana q. „Goʻroʻgʻli“).