Yunusobod suv toshqini – 2024-yil 3-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahridagi Yunusobod tumanida vujudga kelgan suv toshqini[1][2][3]. Toshqin tumanning Moyqoʻrgʻon va Qoraqamish koʻchalari kesishmasidan tuman hududi boʻylab tarqalgan.

Sabablari

tahrir

Yunusobodda suv toshganidan soʻng, oʻzbek ommaviy axborot vositalarida holat keng muhokamalarga sabab boʻldi. Toshqinga sabab sifatida, kesishmada joylashgan qozonxonaga ancha muddat elektr energiyasi bilan taʼminlanmaganligi sabab, bosim koʻtarilib ketganligi iddao qilingan[4]. Natijada, 1200 mm katta suv oʻtkazgich tarmoqda nosozlik vujudga kelgan. Oʻzbek ommaviy axborot vositalari dastlabki kunda toshqinga qozonxonadagi elektr toki boʻlmaganligini iddao qilgan boʻlsa, bunga javoban O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi raddiya qilgan[5]:

Suv toshqiniga qozonxona faoliyatining hech qanday aloqasi yo‘q. 4-sonli qozonxona 2024-yilning 2-iyulidan 3-iyuliga o‘tar kechasi barqaror va shtat rejimida faoliyat yuritgan.

Oqibatlari

tahrir

Suv toshqini sabab, tumanning aksariyat hududi suv taʼminotidan uzildi. Tumanning „Astrabod“, „Sobirobod“, „Tiklanish“ mahallalari, Zenit zavodi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi, Pivo zavodlari suv taʼminotidan uzilgan. Yunusobod hududi boʻylab harakatlanadigan avtobuslarning reja-grafiklariga ham oʻzgartirishlar kiritilib, vaqtinchalik boshqa hududlarda harakatlanishgan. 2300 metr kvadrat hududdagi asfalt qoplamasi shikastlangan, 3 kun ichida Toshkent shahridagi kompaniyalar asfaltlarni tuzatib chiqishni boshlashgan. 4-iyul kuni ham suv bosgan hududlar elektr taʼminoti tiklanmagan. Suv bosgan yertoʻlalar va kommunikatsiya aloqa simlari oʻtgan hududlardan namlik ketganidan keyin hududlarga elektr qaytib, suv taʼminoti bosqichma-bosqich tiklangan. Oqibatlar bartaraf etilganidan ham keyin, qozonxonaga yetarli miqdorda suv yetkazib berilmayotganligi uchun, undan chiqadigan suv hajmi keskin pasaygan[6][7].

Manbalar

tahrir