Yuqoridagi-Men
Yuqoridagi-Men (nemischa: Über-Ich ), shuningdek, super-ego (inglizcha: Super-ego) Freydning psixoanaliz nazariyasiga koʻra, inson psixikasining uchta tarkibiy qismidan biri (Men va U bilan birga). Yuqoridagi-Men insonning axloqiy va diniy munosabatlari, xulq-atvor normalari va axloqiy taqiqlar uchun javobgardir va shaxsni tarbiyalash jarayonida shakllanadi. Yuqoridagi-Menning vazifalari vijdon, oʻzini oʻzini nazorat qilish va inson ideallarini shakllantirishdir.[manba kerak].
Super-Ego sohasidan insonga sezgi va ilhomning turli shakllari koʻrinadi — falsafiy, badiiy va ilmiy; axloqiy „imperativlar“, insonparvarlik va qahramonlik ishlariga intilish, altruizm[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Роберто Ассаджиоли. Психосинтез. Москва: РЕФЛ-бук, 1994 — 314-bet. ISBN 5-87983-003-9.
Adabiyotlar
tahrir- Superego // Lacanian psixoanaliz guruhining lugʻati. — Sankt-Peterburg, 2008-yil
- Super-I // Leybin V. M. Psixoanaliz boʻyicha lugʻat-maʼlumotnoma. — 2-nashr. — M.: AST, 2010.