Vijdon
Vijdon – axloqiy tushuncha, yaxshilik nima-yu, yomonlik nimaligiga javob beradigan ichki ishonch, oʻz xatti-harakatlari uchun axloqiy masʼuliyatni anglash. Vijdon shaxsning axloqiy jihatdan oʻz-oʻzini nazorat qila olish, oʻzida axloqiy burchni mustaqil shakllantirish hamda oʻzidan uni ado etishni talab qilish va oʻz xatti-harakatlariga baho berish qobiliyatini ifodalaydi. Vijdon dastlabki axloqiy mayl boʻlib, tashqi taʼsir tufayli rivojlanishi yoki soʻnishi mumkin. U ehtiros, hissiyot shaklida shaxsning oʻz xatti-harakatlari uchun uyalish, pushaymon boʻlish yoki axloqiy qoniqish sifatida namoyon boʻladi. Vijdon yaxshilik, burch, baxt, halollik kabi boshqa axloqiy tushunchalar bilan bogʻliq. Jamiyatning rivojlanishi, maʼnaviy, axloqiy yuksalishi bilan vijdon tushunchasining mazmuni va mohiyati boyib boradi. Uning mohiyati ijtimoiy muhit bilan belgilanadi. Vijdon boshi berk koʻchaga oʻxshaydi. Undan chiqish qiyin, lekin chiqish esa insonning oʻziga bogʻliq. Vijdon erkinligi tushunchasi vijdon tushunchasining muayyan qismini tashkil etadi.
Vikiiqtibosda Vijdonga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000.
- Karimov, Islom; Istiqlol va maʼnaviyat, Toshkent, 1994.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |