Yurali Agayev
Hidoyatbek Yurali Agayev (Hidoyatbek Yurgʻuli Agayev) (1880—?) — davlat va jamoat arbobi. Turkiston muxtoriyati yer va suv boyliklari vaziri, agronom[1].
Hidoyatbek Yurali Agayev | |
---|---|
Hidoyatbek Yug’uli Agayev | |
Turkiston muxtoriyati yer va suv boyliklari vaziri | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1880-yil Farg’ona |
Tarjimayi holi
tahrirHidoyatbek Yurali Agayev Fargʻona vodiysida taxminan 1880-yilda tavallud topgan. Uning millati oʻzbek boʻlgan. U Turkiston oʻlkasida taniqli agranom sifatida mashhur boʻlgan. Hidoyatbek Yurali Agayev Fargʻona okrugligidan Taʼsis majlisi aʼzoligiga saylangan. Alixontoʻra Sogʻuniy oʻzining „Turiston qaygʻusi“ xotiralarida Ogʻayev polyak musulmonlaridan boʻlganligini yozgan. Uning rafiqasi Jozefina Stanislavovna Yurguli Aga (qizlik famillyasi Trushkovskaya) boʻlib, Peterburg patriot institutini tamomlagan[2].
Faoliyati
tahrirHidoyatbek Yurali Agayev faoliyati davomida Turkiston Muxtoriyati hukumatida yer va suv boyliklari vaziri lavozimida faoliyat olib borgan. Hidoyatbek Yurali Agayev Turkiston Milliy majlisi aʼzosi sifatida ham samarali ishlar olib boradi. 1918-yil fevralda Turkiston Muxtoriyati agʻdarilgan paytda Hidoyatbek Yurali Agayev Qoʻqonda boʻlgan. Ammo u bolsheviklar bilan boʻlgan toʻqnashuvlarda halok boʻladi. Alixontoʻra Sogʻuniy oʻzining „Turiston qaygʻusi“ xotiralarida Hidoyatbek Yurali Agayev taqdiri haqida shunday yozadi: „Bu qahramon qoʻlga olinganidan soʻngra shundayin xorlik, zulm ostida turishdan oʻlimni ortiq koʻrib, ochlik bildirmishki, bu kabi eng soʻnggi dahshatlik choradan insoniyat olamida foyda berishi kutilur edi. Bular oldida eʼtiborsiz boʻlganlikdan oʻn besh kunlab och qoldirilmushdur. Aqli ozib, oʻlar holga kelganda boshqa yoqqa olib ketganlar. Undan keyingi taqdiri bizga nomaʼlumdir“ deb yozgan. U faoliyati davomida Turkiston muxtoriyati uchun kurashlar olib bordi. Uning tarjimayi holi toʻgʻrisida yetarli maʼlumotlar saqlanib qolmagan[2].