Yuriy Bondarev
Yuriy Vasilyevich Bondarev (1924. 15. 3, Orsk) — rus yozuvchisi. Oddiy askarlarning qahramonligi, insonning urushdagi ruhiyati B. ijodining bosh mavzuidir ("Batalonlar oʻt ochishni soʻraydi" povesti, 1957; "Issiq qor" romani, 1969 va boshqalar). "Sukunat" romani (1962) tinch hayotga qaytish haqida, "Sohil" (1975), "Saylov" (1980), "Oʻyin" (1985) kabi romanlarida insonning oʻz davri, vatani bilan aloqalari haqidagi axloqiyfalsafiy mulohazalari aks etgan[5].
Yuriy Bondarev | |
---|---|
Tavalludi | 15-mart 1924[1][2] |
Vafoti | 29-mart 2020[3] |
Ijod qilgan tillari | Rus tili[4] |
Fuqaroligi | SSSR va Rossiya |
Manbalar
tahrir- ↑ // (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |