Yuriy Vladimirovich Fisan (1967-yil 19-may, Toshkent2020-yil 1-mart, Toshkent) — oʻzbek teatr arbobi; Oʻzbekiston Davlat akademik rus drama teatri aktyori va sahnalashtiruvchi-rejissor edi.

Yuriy Vladimirovich Fisan
Tavalludi 19-may 1967-yil
Vafoti 1-mart 2020-yil(2020-03-01)
(52 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi Sovet IttifoqiOʻzbekiston
Kasbi teatr arbobi, sahnalashtiruvchi-rejissor

Tarjimai hol tahrir

Yuriy Vladimirovich 1967-yil 19-mayda Toshkent shahrida dunyoga keladi[1].

Oʻrta maktabni bitirgach, 1990-yilda Toshkent davlat madaniyat institutini  “Havaskorlik teatr jamoasi rahbari” mutaxassisligini, 1995-yilda Oʻzbekiston Rus drama teatri qoshidagi maktab-studiyasini tamomlagan.

U 1990-yildan Madaniyat saroyi qoshidagi “Tavrich” drama  toʻgaragida oʻquvchilarga saboq bergan. Fisan 1995-yildan Oʻzbekiston rus drama teatrida aktyor va rejissor boʻlib ishlagan[1]. 1996-yildan buyon u ham aktyor, ham rejissor hamda teatr qoshidagi studiyada dars berib kelgan[1].

2020-yil 1-mart ogʻir kechgan xastalikdan soʻng Toshkent shahrida vafot etadi[1].

Ijodiy faoliyati tahrir

Rus drama teatrida sahnalashtirgan spektakllari [1]

  • Jana Jenening"Oqsochlar"
  • Karlo Goldonining “Traktorchi” 
  • "Boʻgʻirsoq-shou"
  • K.I.Chukovskiyning “Sokotuxa pashshasi” va “Moydodir”
  • A.S.Pushkinning "Shoh Sulton haqidagi ertak" va "Uyqudagi malika va yetti bahodir haqida ertak".
  • "Qor malikasi" (G.X.Andersen boʻyicha)
  • V.Aslanovaning “Xonimlar tangosi” (2008)
  • Ayvon Menchellning Sen bilan yoki sensiz (2008)[2]
  • Aleksandr Korovkinning “Xolalar”[3]
  • Robin Xoudonning "Qanday qilib olmoslarni oʻgʻirlash mumkin?"
  • “Kasod, yo oʻzimiz – hal qilaylik” A. N. Ostrovskiy
  • N.V.Kolyadning "Shanel xonim" 
  • K.Manye "Blez" (2010)
  • M.Kamolettining “Qabrgacha muhabbat”
  • H.Olimjonning “Semurgʻ” (2013).

Oʻynagan rollari

  • A. P. Chexovning "Kolomenkovo jannati" - epizod
  • P.Bomarshening "Figaro-eskiz" — Bazil 
  • N.Kuardning "Quvnoq gul" -  Fred
  • V.Aslanovaning “Xonimlar tangosi” — Maksim Ilich

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Газета.uz.
  2. Захарова А. Премьера «С тобой и без тебя» Письма о Ташкенте (17 марта 2009).
  3. Академический русский драматический театр в Ташкенте представит в новом сезоне пять премьер (Wayback Machine saytida 2020-03-26 sanasida arxivlangan) АН «Podrobno.uz» — Новости Узбекистана (19 февраля 2015)

Havolalar tahrir