Yuriy Sheykin
Yuriy Vyacheslavovich Sheykin (1963-yil 10-aprel, SSSR — 2011-yil 5-yanvar, Buyuk Novgorod, Rossiya) — sovet va oʻzbek futbolchisi, darvozabon.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Yuriy Vyacheslavovich Sheykin | ||
Tavallud sanasi | 10-aprel 1963-yil | ||
Tavallud joyi |
SSSR, Oʻzbekiston | ||
Vafot sanasi |
5-yanvar 2011-yil (47 yoshda) | ||
Vafot joyi | Buyuk Novgorod,, Rossiya | ||
Ampluasi | darvozabon | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1983 1987 1988—1991 1992—1995 1996 1996 1997 2000 |
Narimanovets Shaxtyor (Angren) Traktor (Toshkent) Traktor (Toshkent) MHSK Mash’al Traktor (Toshkent) Zarafshon |
(14 (-?) 15 (-?) 125 (-?) 101 (-129/8) 12 (-12) 11 (-14) 14 (-34) 2 (-?)) | |
Milliy terma jamoa | |||
1994 | Oʻzbekiston | (7 (-4)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Biografiyasi
tahrirFaoliyatini 1983-yilda „Narimanovets“ klubida boshlagan.
Faoliyatining asosiy qismini Toshkentning „Traktor“ida oʻtkazgan. „MHSK“, „Mash’al“, „Zarafshon“ klublarida toʻp surgan.
1994-yilda Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgach Oʻzbekiston terma jamoasiga taklif qilingan. Shaykinning eng yaxshi yutugʻi turnirning yarim finalida, Janubiy Koreyaga qarshi oʻyinda boʻlgan. Raqibning haddan tashqari ustunligiga qaramay, Yuriy oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan va Azamat Abduraimovning yagona goli Oʻzbekiston terma jamoasini finalga olib chiqqan[1][2].
Koreyaliklar bosh murabbiyi Anatoliy Byshovets ushbu oʻyin haqida quyidagi fikrlarini bildirib oʻtgan:
„Uchrashuvning rasmiy malumotlarini keltiraman: darvozaga 27 ta zarba berdik, ular — 3 ta, biz 20 ta burchak toʻpini amalga oshirdik, ular esa 2 ta. 6-7 ta toʻgʻri vaziyatlardan foydalana olmadik. Darvozabon Sheykin moʻjizalar yaratdi. Hatto himoyachilar ham fidokorona oʻynashdi. Abduraimov 30-35 metrlardan darvozamizga gol urdi. Toʻp yerga tegib, darvozabon qoʻli ostida toʻrga uchib tushdi“[3].
Final uchrashuvida Oʻzbekiston terma jamoasi Xitoy terma jamoasini 4:2 hisobida magʻlub etib, Osiyo oʻyinlari chempioniga aylangan.
Mavsum yakunida Yuriy Sheykin „Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi“ soʻrovnomasida uchinchi boʻlgan.
2000-yilda Yuriy Sheykin futbolchilik faoliyatini yakunlaydi va doimiy yashash uchun Rossiyaga joʻnab ketadi.
Yuriy Sheykin 2011-yil 5-yanvarda Velikiy Novgorod shahrida toʻsatdan vafot etgan[4].
Yutuqlari
tahrirOsiyo oʻyinlari chempioni: 1994-yil
Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 1996-yil
- Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi soʻrovnomasida uchinchi oʻrin: 1994-yil
Davlat mukofotlari
tahrir- „Shuhrat“ medali sohibi.[5]
Manbalar
tahrir- ↑ „Одиссея форварда: Россия и дальнее зарубежье, победа на Азиаде…“ (deadlink). 2015-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-iyul.
- ↑ Игорь Шквырин — чемпион пяти стран и одного континента
- ↑ Анатолий Бышовец. "Два шока за два дня" // Футбол : еженедельник. — 1994. — № 44.
- ↑ Ушёл из жизни Юрий Шейкин
- ↑ „О награждении группы спортсменов и тренеров республики“ (deadlink). 2017-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-iyul.