Yuriy Yevgenievich Stulov (1936-yil 27-may, Moskva – 1980-yillar boshi[1]) – sovet futbolchisi, himoyachi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Murabbiylik faoliyati bilan ham shugʻillangan.

Futbol
Yuriy Stulov
Toʻliq ism Yuriy Yevgenievich Stulov
Tugʻilgan yili 27-may 1936-yil (1936-05-27) (88 yosh)
Moskva, SSSR
Vafoti 1980-yillarning boshlari
Fuqaroligi Flag SSSR SSSR
Pozitsiya Himoyachi, yarim himoyachi
Klub faoliyati
1956 Flag SSSR Energiya (Osipenko) Havaskor
1957 Flag SSSR Metallurg (Zaparoje)
1958 Flag SSSR Shaxtyor (Stalino) 0
1958—1959 Flag SSSR Mehnat zahiralari (Toshkent) ? (6)
1960—1964 Flag SSSR Qayrat 135 (3)
Murabbiylik faoliyati
1969 Flag SSSR Torpedo (Kokchatev)

Faoliyati

tahrir

U futbol oʻynashni 1950-yilda Moskvaning Spartak klubiga qarashli bolalar jamoasida boshlagan. 1950-yillarning oʻrtalarida u Ukrainaga koʻchib oʻtdi. 1956-yilda Osipenkoning „Energiya“ jamoasi uchun respublika chempionatida, 1957-yilda Zaporojyening „Metallurg“ jamoasida SSSR „B“ ligasi toifasida ishtirok etgan. Keyingi mavsumning birinchi yarmini „A“ toifasidagi "Shaxtyor" Stalino jamoasi tarkibida oʻtkazgan. Shu yilning mavsum oʻrtalariga kelib Toshkent Jismoniy tarbiya institutiga oʻqishga kirdi va 1959-yilgacha Toshkentning „Mehnat zahiralari“ jamoasi tarkibida „B“ toifasida toʻp surgan. Bu davr muobaynida Yuriy jamoa sardori boʻlgan. 1960—1964-yillarda Olmaotaning „Qayrat“ jamoasida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynagan, chempionatda 135 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan.

1969 yilda Kokchetavning „Torpedo“ jamoasida bosh murabbiy boʻlib ishlagan. 1970-yillar oxirida Zaporojyeda futbol murabbiyi boʻlib ishlagan.

U qirq yoshida peritonit kasalligidan vafot etdi.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir