Yusuf Estes (1944-yil 1-yanvar, Texas [1]) — amerikalik islomiy olim va daʼvatchi.1991-yilda Xristianlikdan chiqib Islomni qabul qilgan. U 1990-yillarda Qoʻshma Shtatlar qamoqxonalar byurosida musulmon ruhoniysi boʻlib ishlagan va 2000-yil sentabr oyida BMTda boʻlib oʻtgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Diniy yetakchilar uchun Butunjahon tinchlik konferentsiyasida delegat sifatida ishtirok etgan[2].

Yusuf Estes

Estes 2013-yil Amsterdamda
Tavalludi
Joseph Estes

1-yanvar 1944-yil (1944-01-01) (80 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Dini Islom
Veb-sayti yusufestes.com

Estes turli islomiy tadbirlarga taklif etiladi va asosiy maʼruzachi sifatida ishtirok etadi. [3] Estes 2012-yil 8-avgustda Dubay xalqaro Qur’oni Karim mukofotini topshirish marosimida yilning eng yaxshi musilmon shaxsi deb topildi [4].

Estes Islom haqida koʻrsatuvlar namoyish qiluvchi bepul Internet va sunʼiy yoʻldosh telekanali Guide US TV asoschisi va rahbari. [5] 2010-yilda Estes Dunyoning 500 ta eng nufuzli musulmonlari roʻyxatiga kiritilgan. [6]

2017-yil noyabrida Estes Singapurning ko‘p irqli va ko‘p dinli jamiyati qadriyatlariga „qarshi“ fikr bildirgani uchun Singapurga kiritilmagan. [7]

Manbalar tahrir

  1. Ahmed, Akbar S.. Journey Into America: The Challenge of Islam. Brookings Institution Press, 2010 — 303 bet. ISBN 9780815704409. 
  2. Abidin, Danial Zainal. Islam the Misunderstood Religion. PTS Millennia, 2007 — 180–82 bet. ISBN 9789833604807. 
  3. „Harmony is the message for gathering at Blackburn's King George's Hall (From This is Lancashire)“. 2014-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-noyabr.
  4. Shahbandari. „Yusuf Estes Lights Up the Award Ceremony“ (2012-yil 9-avgust). 2012-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-iyun.
  5. „Dr Shaikh Yusuf Estes named Islamic Personality of 2012“. Khaleej Times (2012-yil 9-iyul). 2017-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-avgust.
  6. Yumpu.com. „the 500 most influential muslims s 2010 - BLOG OF KNOWLEDGE“ (en). yumpu.com. Qaraldi: 2022-yil 25-aprel.
  7. Arlina Arshad, Regional Correspondent. „American Muslim preacher denied entry into Singapore for expressing divisive views: MHA“. Straits Times. 2017-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-dekabr.

Havolalar tahrir

Rasmiy sayti