Yusuf Hamadoniy maqbarasi
Yusuf Hamadoniy maqbarasi (yoki Ulli Pir) — XIX asrga tegishli boʻlgan va Shovot tumanining Beshmergan qishlogʻida joylashgan tarixiy obyekt[1]. Tarixiy obyekt Yusuf Hamadoniy majmuasinining asosini tashkil etadi. Bu yerda hamadonlik boy savdogar Xoji Yusuf dafn etilgan.
Yusuf Hamadoniy maqbarasi | |
---|---|
Muqobil nomlari | Ulli Pir |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Tarixiy obyekt |
Turi | Maqbara |
Manzili | Beshmergan QFY |
Shahar | Shovot tumani |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Koordinatalar | 41°39′42″N 60°23′03″E / 41.66171784729066°N 60.38417089628575°E |
Qurilishi boshlangan | XIX asr |
Egasi | Davlat mulkiga tegishli |
Balandligi | |
Balandligi | 36,45 m |
Binoning ichki maydoni | 6X13 m |
Yusuf Hamadoniy maqbarasi davlat mulkiga tegishli. U Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida „Vaqf“ xayriya jamoat fondiga tekin foydalanish shartnomasi bilan berilgan[2].
Maqbara meʼmorchiligi
tahrirBino tepalikning ustiga qurilganligi sababli uzoqdan ham koʻrinib turadi. Maqbaraning maydoni 6x13 metrlik hududni egallaydi. Bino noyob meʼmoriy va dizayn uslubiga egaligi bilan ajralib turadi[3].
Yusuf Hamadoniy shaxsi
tahrirYusuf Hamadoniy Ahmad Yassaviy va Abduxoliq Gʻijduvoniyga ustozlik qilgan shaxs hisoblanadi[4]. Yusuf Hamadoniy „Xojagon-naqshbandiya“ tariqatining ayrim qoidalarini ishlab chiqqanligi bilan tanilgan. Xoja Hasan Andoqiy Buxoriy, Xoja Abdulloh Barraqiy Xorazmiy, Ahmad Yassaviy va Abduxoliq Gʻijduvoniy Yusuf Hamadoniydan soʻng uning xalifalari sifatida muridlariga peshvolik qilgan. „Rutbat ul-hayot“, „Kashf“, „Risola dar odobi tariqat“, „Risola dar axloq va munojot“ kabi asarlari mavjud[5].
Xayriya pullari bilan bogʻliq surishtiruv
tahrir2020-yil 4-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali quyida keltirilgan xabarlar tarqalgan va keng muokamalarga sabab boʻlgan:
Xorazm viloyati Shovot tumanidan yozmoqdaman. Beshmergan mahallasida joylashgan Yusuf Hamadoniy ziyoratgohi ehson qutisiga tashlangan hayriya pullari oʻgʻirlangan degan gumondaman. Ushbu holatni taftish etishlarini soʻrayman.
Ammo, IIV eʼlon qilingan xabarga koʻra, surishtiruv bilan bogʻliq jarayon davomida zakot, fitr va boshqa xayriya pullarining o‘g‘irlanishi kabi holatlar aniqlanmagan[6].
Manbalar
tahrir- ↑ „ 100-сон 24.02.2021. Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“. lex.uz. Qaraldi: 2023-yil 13-oktyabr.
- ↑ „MODDIY MADANIY MEROSNING KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI MILLIY RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA“. 2023-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-oktyabr.
- ↑ „Shovot turistik qishlog‘i | Uzbekistan Travel“ (uz). uzbekistan.travel. Qaraldi: 2023-yil 13-oktyabr.
- ↑ „www.fikr.uz“. www.fikr-uz.narod.ru. Qaraldi: 2023-yil 13-oktyabr.
- ↑ „Xorazm viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari Yusuf Hamadoniy ziyoratgohiga tashrif buyurishdi“. tergov.uz. Qaraldi: 2023-yil 13-oktyabr.
- ↑ „Rasmiy munosabat: Ijtimoiy tarmoqlarda “Shovot tumanidagi Yusuf Hamadoniy ziyoratgohida hayriya pullari o‘g‘irlanmoqda” degan mazmunda tarqalgan xabarlar yuzasidan“. xviib.uz. Qaraldi: 2023-yil 13-oktyabr.