Yusuf as-Sogʻarjiy

hadisshunos

(Abu Yaʼqub) Yusuf ibn Baxtiyor ibn Muhammad as-Sog‘arjiy (hijriy 502-yil safar oyining 12-kuni juma oqshomi (milodiy 1109-yil)da vafot etgan) Samarqandning G‘onfar ko‘prigi (to‘g‘oni) boshidagi Solih ko‘chasida yashagan. Hoit Hayyon ko‘chasidagi madrasada tahsil olgan. G‘onfar ko‘prigi (to‘g‘oni) boshidagi maqbaraga dafn etilgan. U ulamolardan, undan esa boshqalar rivoyat qilganlar[1].

Yusuf as-Sogʻarjiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1109-yil (hijriy 502-yil)
Dini Islom

Manbalar

tahrir
  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 98-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.