Yusuf ibn Ali anNujonikasiy
faqih va muhaddis
(Abu Muhammad) Yusuf ibn Ali ibn Abbos ibn Abi Bakr ibn Solih ibn Jaʼfar ibn Muhammad ibn Soliman-Nujonikasiy al-Ustrushaniy (hijriy 527-yil (milodiy 1133-yil)da Samarqand shahrida vafot etgan) — faqih va muhaddis. U Ustrushananing Nujonikas qishlog‘ida tavallud topgan. U ilm talabi bilan Samarqand shahriga ko‘chib o‘tib, shu yerda muqim yashagan va al-Attorin masjidida mudarrislik qilgan. U ulamolardan, undan esa boshqalar hadis rivoyat qilganlar. Chokardiza qabristoniga dafn etilgan[1].
Yusuf ibn Ali anNujonikasiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
milodiy 1133-yil (hijriy 527-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis, faqih |
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 98-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |