Yuzdagi xavfli uchburchak – „Oʻlim uchburchagi“

Yuzdagi xavfli uchburchak - "O`lim uchburchagi".Yuzdagi xavfli uchburchak - "O`lim uchburchagi".

Yuzning xavfli uchburchagi – „Oʻlim uchburchagi“ ogʻiz burchaklaridan to burun qirrasigacha boʻlgan hududni, shu jumladan burun va yuqori jagʻni oʻz ichiga oladi..[1][2] : 345-346 Insonning burun va uning atrofiga qon yetkazib berilishining oʻziga xos xususiyati tufayli burun atrofidan burun yuqumli kasalliklari miyaga tarqalishi mumkin, bu esa kavernoz sinus trombosi, meningit yoki miyaning absessini keltirib chiqaradi.

Bu yuz venalari va kavernoz sinus oʻrtasida venalararo aloqa (oftalmik venalar orqali) tufayli boʻlishi mumkin. Kavernoz sinus miyaning bosh suyagi boʻshligʻida, meningeal qatlamlari orasida joylashgan va miyadan venoz drenajining asosiy oʻtkazgichidir.[3] Ushbu nisbatan ishonchli anatomik dalilga qaramay, faqat jiddiy yuz infektsiyalari (masalan, burun absessi) markaziy nerv sistemasi infektsiyalarining chuqurroq muammosiga olib kelishi mumkin.

Oʻz vaqtida koʻz va yuz tomirlarida venoz klapanlar mavjudligi aniqlandi. Shunday qilib, yuzning yuqumli kasalligi yuz boʻylab tarqalishida venoz klapanlarning yoʻqligi emas, balki yuz venasi va kavernoz sinus oʻrtasidagi aloqaning mavjudligi va qon oqimining yoʻnalishi muhim ahamiyatga ega. Aksariyat odamlar, lekin hammasi ham emas, yuzning ushbu qismida klapanlari bor.[4]

Ushbu soha va kavernoz sinus trombozi xavfi oʻrtasidagi bogʻliqlik 1852 yildayoq tasvirlangan.[5] 1937 yilda oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, kavernoz sinus trombozi holatlarining 61% yuzning yuqori qismidagi furunkullarning natijasidir.[6] Antibiotiklarning rivojlanishi natijasida kasallikni uchrash ehtimoli juda ham kamaygan boʻlsa-da, u hali ham yuqori oʻlim xavfini keltirib xavfini keltirib chiqarish uchun juda kichik imkoniyatga ega va antibiotiklar va qonni suyultiruvchi vositalar bilan ayovsiz davolash kerak[7][8]

Kavernoz sinus infektsiyasi

tahrir

Agar kavernoz sinus infektsiyaga uchragan boʻlsa, bu sinus ichidagi qonning ivishiga olib kelishi mumkin, natijada kavernoz sinus trombozi paydo boʻladi. Bu shu yerdan oʻtadigan yoki uni oʻrab turgan tuzilmalarga taʼsir etadi. Kavernoz sinus ichida quyidagi kranial nervlarning siqilishini koʻrish mumkin: CN III (okulomotor nerv), CN IV (gʻaltaksimon nerv), CN VI (abdusens nervi), CN V (uch shoxli nerv), xususan V1 (oftalmik nerv). nerv) va V2 (maksillar nerv) shoxlari. Yuqorida sanab oʻtilgan nervlarning har birining ish faoliyatini buzulishi shu yerda joylashgan maxsus mushak, bez yoki parasimpatik nerv innervatsiyalari funktsiyasini ishdan chiqishiga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Bundan tashqari kavernoz sinusning yalligʻlanishi optik xiazma (natijada koʻrish muammolari) va / yoki gipofiz bezining siqilishiga olib kelishi mumkin.

Maʼlumotnomalar

tahrir
  1. Hom, Milton M.; Bielory, Leonard (1 January 2013). „The anatomical and functional relationship between allergic conjunctivitis and allergic rhinitis“. Allergy & Rhinology. 4-jild, № 3. 110–119-bet. doi:10.2500/ar.2013.4.0067. PMC 3911799. PMID 24498515.
  2. Hollinshead WH. Anatomy for Surgeons: Volume 1 The Head and Neck. New York: Harper & Row, 1968. ISBN 9780061412646. 
  3. Osborn AG (Jan 1981). „Craniofacial Venous Plexuses: Angiographic Study“. American Journal of Roentgenology. 136-jild, № 1. 139–143-bet. doi:10.2214/ajr.136.1.139. PMID 6779561.
  4. „Ophthalmic and facial veins are not valveless“. Clinical & Experimental Ophthalmology. 38-jild, № 5. July 2010. 502–510-bet. doi:10.1111/j.1442-9071.2010.02325.x. PMID 20491800.
  5. Ludlow H (Oct 1852). „On carbuncular inflammation of lips and other parts of face“. Med. Times. 5-jild. 287–290-bet.
  6. Maes U (July 1937). „Infections of the Dangerous Areas of the Face“. Annals of Surgery. 106-jild, № 1. 1–10-bet. doi:10.1097/00000658-193707000-00002. PMC 1390530. PMID 17857007.
  7. „Cavernous sinus thrombophlebitis related to dental infection – two case reports“. Neurologia Medico-Chirurgica. 52-jild, № 10. 2012. 757–760-bet. doi:10.2176/nmc.52.757. PMID 23095272.
  8. „Septic cavernous sinus thrombosis secondary to sinusitis: are anticoagulants indicated? A review of the literature“. The Journal of Laryngology & Otology. 116-jild, № 9. Sep 2002. 667–676-bet. doi:10.1258/002221502760237920. PMID 12437798.

Tashqi havolalar

tahrir

Triangle of death