Z-Bek“ (Z-BEK shaklida yoziladi) — Oʻzbekistonda tuzilgan ilk heavy metal musiqiy guruh. Guruhga taniqli gitarachi Jamshid Toirov asos solgan.[1] Boshida guruhning nomi shunchaki „Bek“ („BEK“) boʻlgan. 2007-yil „Z-Bek“ oʻlaroq oʻzgartirilgan.

Z-Bek
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Faoliyat yillari 1988-bugun
Janr Heavy metal, thrash metal
Tarkib
Sobiq aʼzolar
  • Denist Polishuk
  • Boris Davlyatov
  • Marina Tsarina

Ayni damda „Z-Bek“ guruhining toʻrt aʼzosi bor: Otabek Ubaydullayev (vokal), Jamshid Toirov (gitara), Sardor Toirov (bas gitara) va Yulian Fusman (barabanlar). Javohir Zokirov ham guruh bilan tez-tez hamkorlik qilib turadi.

Guruh shu kungacha ikki studiyaviy albom va bir necha singl chiqargan. „Radius 21“ guruhi bilan hamkorlikda bir necha qoʻshiq, jumladan, „Dubay“, „Pul jaraq“, „Toʻylar muborak 2“ hamda „Zarb“ ashulalarini ijro etgan.

Guruh AQShda ijro etgan, bir necha sovrin olgan. 2011-yil Oʻzbekiston rock musiqasi shon-shuhrat zaliga kiritilgan.

Diskografiyasi tahrir

Yil Albom
2009 „No Fate“

Kliplari tahrir

Yil Qoʻshiq Izoh
2008 „Toʻylar muborak 2“ („Radius 21“ bilan) „Toʻylar muborak 2“ filmi uchun soundtrack
2009 „Nemesis“
2010 „Mish-mish“ Rammsteinning „Ich Will“ qoʻshigʻiga oʻzbekcha cover
2011 „Dubay“ („Radius 21“ bilan)
„Pul jaraq“ („Radius 21“ bilan)
„Zarb“ („Radius 21“ bilan)
„Sevaman“ („Yulduz Usmonova“ bilan)

Manbalar tahrir

  1. „Из Подвалов. В Узбекистане есть стоящий рок“ [AAA] (ruscha). MyDay (2016-yil 3-mart). Qaraldi: 2018-yil 20-yanvar.

Havolalar tahrir