ZF-UZ-VAC 2001 COVID-19 vaksinasi

(ZF-UZ-VAC 2001dan yoʻnaltirildi)

ZF-UZ-VAC 2001 — koronavirusga qarshi Oʻzbekiston va Xitoy hamkorligida yaratilgan vaksina. Xususan, oʻzbekistonlik olimlar bilan hamkorlikda klinik tadqiqotlar olib borilgan. Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti olimlari tomonidan yaratilgan, «Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.Ltd» farmasevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan[1]. Xitoyda va Oʻzbekistonda sinab koʻrilgan. Xususan, Oʻzbekistonda 7 ming kishi ishtirokida sinovlar oʻtkazilgan. Nojoʻya taʼsiri qayd etilmagan. Ikkinchi dozadan keyin organizmda antitanachalar ishlab chiqarish miqdori 11 barobarga oshgani qayd etilgan[2]. 2021-yil 27 mart kuni xitoy-oʻzbek hammuallifligida ishlab chiqilgan «ZF-UZ-VAC2001» vaksinasining 1 million dozali partiyasi qabul qilib olindi[1].

Qoʻllanilishi

tahrir

Vaksinaning birinchi dozasini olgandan soʻng 30 va 60 kun oʻtishi kerak. Soʻngra tegishli ravishda 2- va 3-dozalar bilan oʻz vaqtida emlanish organizmda virusga qarshi antitanachalarning hosil boʻlishiga olib keladi.

Xitoyda koʻngilli fuqarolar orasida vaksina klinik sinovlardan oʻtkazildi. Tadqiqot kuzatuvlariga koʻra, ʻZF-UZ-VAC2001’ vaksinasining birinchi dozasini olgandan soʻng 30 va 60 kun oʻtganidan keyin tegishli ravishda 2- va 3-dozalar bilan oʻz vaqtida emlanish organizmda virusga qarshi antitanachalarning hosil boʻlishi aniqlandi. Aytishim mumkinki, vaksinaning 1-dozasi bilan emlangan fuqaroda virusni qayta yuqtirish ehtimoli mavjud. Biroq 2- va 3-dozalari bilan emlangan fuqarolarda antitanachalar sezilarli ravishda koʻtarilishi olib borilgan tadqiqotlarda isbotlandi[3].

«ZF-UZ-VAC2001» vaksinasining narxi boʻyicha maʼlumotlarni ochiqlamaslik toʻgʻrisidagi davlatlararo shartnoma imzolangan. Biroq, shunga qaramay, Oʻzbekiston mazkur vaksinaning hammuallifi boʻlgani hamda vaksinaning III-faza sinovlarida faol ishtirok etgan. Shu sababli vaksina ishlab chiqarish narxlarida Oʻzbekistonga sotilgan. Yaʼni Oʻzbekiston tomonidan vaksinaning faqatgina ishlab chiqarish xarajatlari qoplangan[4].

Yaratilishi

tahrir

Oʻzbekiston olimlari avval „Sputnik V“ va „Moderna“ vaksinalarini ishlab chiqaruvchilarga hamkorlikni taklif etishgan ammo ular koʻnishmagan. Soʻng Xitoy bilan hamkorlikda yangi vaksina ishlab chiqishga kelishib olingan[5].

Manbalar

tahrir