Sputnik V COVID-19 vaksinasi
Sputnik V (ruscha: Спутник V; [sunʼiy yoʻldosh vi], V inglizcha: victory — gʻalaba); savdo nomi „Gam-COVID-Vak“, (lotincha: Gam-COVID-Vak) jahonda birinchi COVID-19 profilaktikasi uchun roʻyxatga olingan kombinatsiyalashgan vektorli vaksinadir[1][2]. Vaksina N. F. Gamaleya Federal Research Center for Epidemiology & Microbiology (ruscha: Национальный исследовательский центр эпидемиологии и микробиологии имени Н. Ф. Гамалеи) tomonidan ishlab chiqilgan.
Oʻzbekistonda
tahrir„Sputnik V“ vaksinasi Rossiyada uch bosqichli klinik sinovlardan oʻtkazilgan holda 2021-yil 11-fevraldan uni Oʻzbekistonda roʻyxatga olish ishlari boshlandi va sertifikatsiyalashga tavsiya etildi[3]. 2021-yil 28-may kuni Rossiya sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko Oʻzbekiston rasmiylari bilan „Sputnik V“ni Oʻzbekistonda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuv amalga oshirilganini maʼlum qildi[4]. Kelishuvga koʻra vaksina Oʻzbekistondagi „Jurabek Laboratories“ firmasida ishlab chiqariladi[5]. Oʻzbekistonda Sputnik V'ning bitta kapsulasi ikki kishiga emlanayotgani haqida xabar berilgach, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi izoh berishicha, avval Oʻzbekistonga olib kelingan Sputnik V vaksinasining birinchi va ikkinchi partiyalari faqat bir kishiga moʻljallangan dozada kelgan, keyingi partiyada eda dozalar ikki kishiga moʻljallangan[6]. 2021-yilning iyul oyida Olmaliq shahridagi „Jurabek Laboratories“ fabrikasida Sputnik V vaksinasi ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyildi[7].
Tavsiya etilmaydigan holatlar
tahrir„Sputnik V“ vaksinasi bilan emlanish homiladorlarda, emizikli onalarga, gripp va shamollashning oʻtkir davrini boshidan kechirayotgan insonlarga, OIV infeksiyasiga va autoimmun kasalliklarga chalinganlarga, vaksina tarkibidagi moddalarga allergiyasi boʻlgan odamlarga tavsiya etilmaydi[8].
Manbalar
tahrir- ↑ „Минздрав России зарегистрировал первую в мире вакцину от COVID-19“. Министерство здравоохранения Российской Федерации (2020-yil 11-avgust). 2020-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-avgust.
- ↑ „Совещание с членами Правительства. Стенограмма“. Kremlin.ru (2020-yil 11-avgust). 2021-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-avgust.
- ↑ „Ўзбекистонда «Спутник V» вакцинасини рўйхатдан ўтказиш ишлари бошланди“. Bugun.uz (2021-yil 11-fevral). 2021-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „O'zbekistonda «Sputnik V» vaksinasini ishlab chiqarish mahalliylashtiriladi“. Bugun.uz (2021-yil 28-may).[sayt ishlamaydi]
- ↑ „В Узбекистане могут производить вакцину Sputnik V“. Взгляд.uz (22 июнь 2021). 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-iyul.
- ↑ „В Узбекистане стали вакцинировать одной ампулой «Спутник V» двоих человек“. Nova24 (2021-yil 16-iyul).
- ↑ „Ўзбекистонда «Спутник V» вакцинасининг биринчи партияси ишлаб чиқарилди“. Bugun.uz. 2021-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 30 июль.
- ↑ „O'zbekistonda «Sputnik V» vaksinasi kimlarga tavsiya etilmasligi ma'lum bo'ldi“. Bugun.uz (2021-yil 25-aprel).[sayt ishlamaydi]