ZIP maʼlumot siqish va arxivlash formatidir. ZIP fayl bir yoki bir necha faylni oʻz ichiga oladi. Bu fayllar siqilgan boʻlishi shart emas. ZIP fayl formati har xil siquv algoritmlarini qoʻllab-quvvatlaydi.

ZIP formati 1989-yili Phil Katz va Gary Conway tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, PKZIP utilitasida qoʻllangan;[1] bungacha Thom Hendersonninng ARC formati ishlatilar edi. ZIP formati hozirda koʻpgina utilitalarda qoʻllanadi (masalan, WinRAR). Microsoft 1998-yildan beri Windows ishlatuv tizimiga ZIP fayllarini ochish imkoniyatini joylagan. Apple ham Mac OS X tizimining 10.3 versiyasidan beri shu ishni qilib kelmoqda.

ZIP fayllar odatda ".zip" yoki ".ZIP" kengaytmalari, MIME tipi esa application/zip bilan belgilanadi.

Manbalar

tahrir


  1. Phillip Katz, Computer Software Pioneer, 37